This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Талабалар турар жойи муаммоси бўйича

Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов Тошкент шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаевдан талабалар турар жойлари муаммоси, соҳага хусусий секторни жалб қилиш, бюджетдан орттирилган маблағлар эвазига талабалар учун арзон турар жойлар қуриш ҳақида бирор режалар бор ёки йўқлигини сўради.

Жаҳонгир Ортиқхўжаев жавоб берар экан, маҳаллий бюджетни нималарга тақсимлашни депутатлар ҳал қилиши, лекин улардан 2021 йил учун таклифлар сўралганда бирорта депутат талабалар турар жойлари қуриш ҳақида таклиф бермаганини, демак улар бу масалани актуал деб ҳисобламаганини айтди.

Агар депутатлар рози бўлса, бунинг учун маблағ ажратиш мумкинлиги, фақат хусусий секторни жалб қилишдан аввал талабаларнинг эҳтиёжлари ва имкониятларини тўлиқ ўрганиб чиқиш кераклигини айтиб, турур жой масаласида талабалар ўртасида ижтимоий сўров ўтказишда ректорлардан ёрдам сўради.


👉 @xushnudbek 👈

465 comments

Show 57 more comments
SHERBEK XOLBO'TAYEV
🤭🤭🤭🥴😕😕☹☹
Nma desz endi arzonroga yude maklerla topib berome qoldi mirobotdan
"million" aytganidek Vagonlar bolsayam yaxshi bolardi😊
Yotoqxona olish muamo yana to'lovi 4 oylik stpendiyaga teng uni ustiga joy yo'q men o'zim talabaman kamiga nogronligim ham bor zo'rg'a joy oldim yana to'lov oldindan sharoit esa o'ziga yarasha mana shu kamentaryani deputatlar o'qisin
Kvartera qimmat bolagani bn talabalarga beriwmayabdiyu oila bolsa bor talabalarga esa yo
Juda to'g'ri muommoni ko'tarib chiqishibdi bu haqda ancha oldinro o'ylash kk edi
Yotoqxona endi òylashyapti òqiw ochilishidan oldin nima qilishgan
Фаррухжон Бегматов
Талабалар турар жойларини купайтириш кк
🌸🌸🌸🌸
Assalomu alaykum va rohmatulloh. O'qishga kirishdan ham talabalar turar joyiga joylashish qiyin bo'lib ketgan. Sal bo'lsa ham insof qilish kerakda axir. Pulini to'lasak ham sharoit qilib berisholmayapti. Hadeb cho'ntakka urormasdan bzagayam yordam qilsa bo'ladiku. Ayrim yotoqxonalarni ahvoli judayam achinarli jumladan bzniki. Hamma sarson bo'lib yotibdi. Talabalarni o'rniga abituriyentlarni joylab tashlagan. Alloh hammaga insof bersin.
Hususiy sektorga berilmasa hech narsa òzgarmidi bu deputatlardan foyda yòq yolģonni qoyil qilishadi holos (hammasi ham emas)
Samarqandda kursdoshlarim uncha katta bo'lmagan 2 sutiqlik, 4 yo 5 xonali hovlida 32 kishi turishibdiiiii......
32......😊
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
Assalomu aleykum. Bu muammo tezroq xal bòsinda yoki yotoqxonalarni kòpaytirish keremi? Kvartirala qimmat
Dolzarb muammo.
Яхши таклиф. Куришдан аввал шароитли килиб куришни уйласа яхши булади.
Deputatlarlarda nima muammo oyiga kamida 6mln oylik oladi.oʻzidan kelib chiqib hamma bir xil deb oʻylaydi.oʻzlarini oyligini 1mln qilib Toshkent da yashatib koʻrish kerak
Masalan men surxondaryodan toshkentga borib oqiyman lekin kvartirala narxi 350ming bolib ketgan hech bolmasa qizlani 100% talabalar yotoqxonasiga joylash kk .
Ит итга буюрар,ит қуйруғига...
ms_mokhlaroyim
Assalomu aleykum. Bu muammo tezroq xal bòsinda yoki yotoqxonalarni kòpaytirish keremi? Kvartirala qimmat
Qimmatku mayli qani uwa kivartirala topsez waroit yo uzi 5 kiwi siz 6ci odam bzayam taniw biliw qib topdi aren norimisini
Pervodlarni super kantraklarni oqiwga qabul qiliwga kallasi yetadi Ln bu masalaga kelganda bum bum
Show next 100 comments