This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Талабалар турар жойи муаммоси бўйича

Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов Тошкент шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаевдан талабалар турар жойлари муаммоси, соҳага хусусий секторни жалб қилиш, бюджетдан орттирилган маблағлар эвазига талабалар учун арзон турар жойлар қуриш ҳақида бирор режалар бор ёки йўқлигини сўради.

Жаҳонгир Ортиқхўжаев жавоб берар экан, маҳаллий бюджетни нималарга тақсимлашни депутатлар ҳал қилиши, лекин улардан 2021 йил учун таклифлар сўралганда бирорта депутат талабалар турар жойлари қуриш ҳақида таклиф бермаганини, демак улар бу масалани актуал деб ҳисобламаганини айтди.

Агар депутатлар рози бўлса, бунинг учун маблағ ажратиш мумкинлиги, фақат хусусий секторни жалб қилишдан аввал талабаларнинг эҳтиёжлари ва имкониятларини тўлиқ ўрганиб чиқиш кераклигини айтиб, турур жой масаласида талабалар ўртасида ижтимоий сўров ўтказишда ректорлардан ёрдам сўради.


👉 @xushnudbek 👈

465 comments

Show 78 more comments
Pul toshket city birbalo city qurishga bor talabayam odammi koʻchada yotsayam boʻladi deputatga nima qizigʻi bor.
Xokim,Deputatlar uchun bir tiyinsizlar o'rtoq talabalar. uzing uchun o'l yetim buyog'i
To'g'ri masala kotarilibdi. Bugungi kunda ayniqasa pandimiya davridan chiqqan kopkina oilalar hozirgi kundagi kvartira narxlari qiynamoqda shunga agar iloji bolsa bu ishni tezroq Hal qilish kk dep oyliman
Зилола Хайруллаевна
Супер мупер контрактларни пулига етокхона куриш керакда
🎅🎅⛄𝕆𝕕𝕚𝕝𝕛𝕠𝕟𝕠𝕧 𝕀𝕓𝕣𝕠𝕙𝕚𝕞 ⛄🎅🎅
Hozir sòrovnoma òtkazilsa, sòrovnomada yotoqxona qurish kerakligi isbotlansa, yotoqxona qurib bitkazilgungacha sòrovnomada qatnashgan talabalar bitirib bòladi ku
TA'LIM O'ZBEKISTONDA AKTUAL MAVZU BO'LARMIDI
BULARGA SOQQA QILISH BOSA BO'LDI
Шу масалани ОТМларнинг узи хал килса булмайдими? Контракт пуллари тушадику хисобига
🌼🍀
TALABALAR UCHUN YOTOQXONA ALBATTA KERAK
BECHORALAR SARSON YIRISHIBDI
TOSHKENT VILOYATI,SIRDAYOLIKLARGA YOTOQXONA BERILMASMISH
IYA KECHIRASIZ BU QANAQASI ULAR TOSHKENTDA YASHASHMAYDI-KU
ULAR HAM IZOQDAN KELISHADI
BU YERDA MANTIQ QANI??????...
TOSHKENT SHAHARIDAN BOSHQA HAMMAGA YOTOQXONA ZARUR VA SHART
Yotoqxona kere
Juda qiynalyapti studentlar
Kvartira umuman yo'q o'qishga yaqinroq joyda
кейинги авлодга яхши булади хар холда
Hokimga nima qiziği bor talabalarni uni yotishga joyi bõlsa Deputatlar õylasinda shunaqa qilib bir biringizga solavering talabalar fikrini esa umuman eshitmaysizlar ham Talabalar ham ilm olyapti õrganyapti aksari sizlardan yaxshi fikrlaydi
Квоталар (имтиёзли ёки имтиёзсиз), қўшимча контрактлар қўшилганда хуллас соққа келадиган вазиятда ҳамма депутат қўллари тугул оёқлариниям кўтаргандир, лекин уларга зарур бўлган ётоқхона масаласи муҳиммас
So'rovnomasiz muammo bor-ku! Nega ko'rishmayaptimi, yo ko'rishni istashmayaptimi?
glamourös
Yotoqxona ham yaxshi,manimcha dom qurish kere aynan talabalar uchun arzon narxda
Talabalar turarjoylarini davlat-xususiy sheriklaik asosida qurish masalasini o`tgan yilgi davlat dasuriga taklif sifatida bergan edim. Bu dasturda o`z aksini topdi. Lekin, hozircha bu borada biror ish amalga oshirilgani yo`q. Talabalarni turarjoy bilan ta'minlash darajasini oshirish va yangi TTJlarni barpo etish bo`yicha 5 yillik dastur ishlab chiqiladi deyilgan edi. Bu borada ham hali yangilik bo`lmadi.
Ramazonov Umidjon
Talabalar turar joyi bolsa zor ish bolar edi biz viloyatdan kelganlarga ayni muddao edi Toshkent shahar yuridik texnikumda ham bu masala hal etilsa viloyatdan kelgan oquvchilar sarson bolib kop vaqtini kvartera izlab otkazmas edi etibor uchun raxmat
Zichlab toshkentda unverstet ocormaslik kk.sal cekkaroq viloyatlardayam kupaytirish kk.shaharda odamlar ishlab yashaydimi yo ishlab uqiydimi.
Show next 100 comments