This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Талабалар турар жойи муаммоси бўйича

Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов Тошкент шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаевдан талабалар турар жойлари муаммоси, соҳага хусусий секторни жалб қилиш, бюджетдан орттирилган маблағлар эвазига талабалар учун арзон турар жойлар қуриш ҳақида бирор режалар бор ёки йўқлигини сўради.

Жаҳонгир Ортиқхўжаев жавоб берар экан, маҳаллий бюджетни нималарга тақсимлашни депутатлар ҳал қилиши, лекин улардан 2021 йил учун таклифлар сўралганда бирорта депутат талабалар турар жойлари қуриш ҳақида таклиф бермаганини, демак улар бу масалани актуал деб ҳисобламаганини айтди.

Агар депутатлар рози бўлса, бунинг учун маблағ ажратиш мумкинлиги, фақат хусусий секторни жалб қилишдан аввал талабаларнинг эҳтиёжлари ва имкониятларини тўлиқ ўрганиб чиқиш кераклигини айтиб, турур жой масаласида талабалар ўртасида ижтимоий сўров ўтказишда ректорлардан ёрдам сўради.


👉 @xushnudbek 👈

465 comments

Show 100 more comments
Hohish bo'lsa bas shunchalik bilgisi kelsa chilonzordagi integroga kelib ko'rsin bo'ldi
Muhammad
Talabalarga turar joy berayotganda ham tanish bilish pul.Uzoqdan kelgan yoki 2 3 ta oilada o‘qiyotganlarni o‘ylamaydi hech kim.Hamma ko‘zini yumadi tamom!
Hamma oʻzi uchun bb qolgan. Gapirgandan foyda bormikan deb oʻylayapman. Baribir ula hammani fikrini bilib oʻzlarini bilganlarini qilishadi.😒
Баходир Аманов
Жамоатчилик фикри доим N1
Ortiqxo‘jayev janoblari xuddi osmondan tushgandek, "shu yil talabalar soni keskin oshib ketdi. Biz o‘rnini qoplashga ulgurmadik" deydi. Ko‘zing kar, qulog‘ing karmas-ku. Bugun, yo kecha paydo bo‘lgan muammomasku bu talabalar turarjoyi. Azaliy muammo-ku. Rektorlar "oprosnik" (so‘rovnoma deyolmaysanmi) qilib bersin emish. Shundan talabalar ehtiyojini aniqlab, ularga yordam berarmish. O‘zi umuman talabalar bilan ijara qo‘yadiganlarni bog‘laydigan biror ishonchli platforma yo‘q-ku. Talabalar sarson yuribdi Toshkentda. O‘tirgan deputatlaram mum tishlagan. G‘ing demaydiya. Ee sendaqa hokimni🤬
Abdujalil
"E kvartira qurib nima qiladi" yaxshayabdiyu mana odaman 5600 so'm ga kvartira3 ta odam yashasa bo'ladigani toshda 50$ eng arzoni bundan qimmat oki 50$ ga sharoitini narmmani mas kvartiralarni yillik kontrakni to'lasinmi kvartira pulinimi arzonroq instituni o'ziniki lekin joy cheklangan 10000 ta odam o'qitadi joy 500 talik lekin
Toshkent da ayniqsa dollorda suraydi kvartera pulini qilish kerak Mayli pul yetmasa pul yigib beramiz
Assalomu aleykum hozir bizni yotoqxonaga o'g'il bolalarni qo'ymaymiz deyishyabdi. Biz kvartira ham izlayabmiz lekiin o'g'il bolaga kvartira topish qiyin bo'lyabdi. Shuu yotoqxonani ko'paytirish kerak, to'g'ri savol berishibdi, lekin rektorlardan so'rash shart emasku hamma biladiyu joy yetishmasligini.
Toshkent shaxrida talabalarni 70yo 80 % iga yetadigan yotoqxona qurisha olisharmikin? Talabalar yotoqxonada turishsa bemalol yashashadi. Bazi kvartiralarda dars ham qilib bo'lmaydi. Bu mavzuni ko'tarib yaxshi ish qilishibdi faqat bugun so'rab ertaga esidan chiqarib yubormasa bo'lgani
Zayniddin
Bu O'zbekiston talabalarini muomosi bulsa kerak bu deputatlarni farzandlari uz uyidan qatnaydi shu uchun bilishmaydi
LAW STUDENT
Nafaqat Toshkent balki boshqa viloyatlarda ham TTJ ni kopaytirish kerak.
Kasalmand, o'laman deyotgan kasallarga bergani 1 tiyin puli yogu davlatni, talabalar yotoqxonasi " tuya xammomni orz qilibdi" degandek gapda.
Biz ham talab bolganmiz, yotoqxona, u yerbu yerda yashab eplab bititgami. Talab yotoqxonasni universitetni òzi qurish kerakda
Hurmatli talabalar makler degan balolarni unutib qo'yyapsizlar😅😅
Ha 4-kurslarga hattoki yotoqxona berishmaydi juda kam odamga berishadi hatto bizga utgan yildan qolib ketgan tulovni ham qaytarishmadi
Shu masalani tezroq hal qilish kerak kop talaba dostlarimiz qiynalishayapti
Глобал муаммоку бу
Бу борада бирон узгариш булишига кузим етмайди
Shaxsan mani dadam man uchun 1hafta mobaynida qiynaldila yotoxona ololmadik kvartiraga waroit kòtarmedi qarindowla umuman yòq mani dadamga raxmim keldi wundayam mani kvartiraga joyladila lekin man dadam qiynalganlari uchunam hechbir òqituvchini kechiralmeman chunki dadam 1hafta mobaynida qiynalib oyoqlari iwgani, uni azobi man uchun oģriqli bitmas yaradir🥺🥺🥺
Bunaqa surovnomalani bir tynlik ahamiyati yug. Agar davlat surovnomala bn ish qganda kup narsa boshqacha bulardi

Shuchun hech chalgime kvartirada turekanlaa bemalol 🙄😁 issiq urnila yaxshi
Show next 100 comments