This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Талабалар турар жойи муаммоси бўйича

Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов Тошкент шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаевдан талабалар турар жойлари муаммоси, соҳага хусусий секторни жалб қилиш, бюджетдан орттирилган маблағлар эвазига талабалар учун арзон турар жойлар қуриш ҳақида бирор режалар бор ёки йўқлигини сўради.

Жаҳонгир Ортиқхўжаев жавоб берар экан, маҳаллий бюджетни нималарга тақсимлашни депутатлар ҳал қилиши, лекин улардан 2021 йил учун таклифлар сўралганда бирорта депутат талабалар турар жойлари қуриш ҳақида таклиф бермаганини, демак улар бу масалани актуал деб ҳисобламаганини айтди.

Агар депутатлар рози бўлса, бунинг учун маблағ ажратиш мумкинлиги, фақат хусусий секторни жалб қилишдан аввал талабаларнинг эҳтиёжлари ва имкониятларини тўлиқ ўрганиб чиқиш кераклигини айтиб, турур жой масаласида талабалар ўртасида ижтимоий сўров ўтказишда ректорлардан ёрдам сўради.


👉 @xushnudbek 👈

465 comments

Show 100 more comments
😊😊😊😊😊
Bitta taklifim bu uzimni waxsiy fikrim agar davlatga foyda kerey bulsa hech bulmaganda arzon va sifatli kvartera qurib,faqat talabalar un beriw kere ijaraga bulsa ham,faqat otti kallasiday narx quymasdan,makler aralawmasdan
Бу қарор чиқиб, сўровнома ўтгунича ўқишни битириб тамомлаб бўлган бўлсак керак бу йил кирган студентлар. Бу савол фарзандларимизга берилса тўғри бўлса керак.
Депутатлар колган масуллар хам бу борада бош котиргиси келмайди
bitta hamma bilib bilmaganga oladigan muommo, qorni och bilan qorni to'qni ishi yo'q, deputat qanaqa yashaydiyu qanaqa muommani hal qilishini so'rayapsila, avtobusda yursin, poyezda yursin, taksiga chiqib ko'rsin, gazsiz uyda yotib ko'rsin, student bo'lib kelib kvortira qidirib ko'rsin toshkentda, maklerla bilan gaplashib ko'rsin,
Жасур
Депутатларга нима кизики бор талабалар ётокхонасини...
▬▅▆▇█🆂︎🆃︎🆁︎🅰︎🅽︎🅶︎🅴︎🆁︎ █▇▆▅▬
Xa yotoqona qurilguncha biz oʻqishni bitirib uyga qaytgan boʻlamiz
Sizi farzandlariz ham oqishni bitirib uyiga qaytgan boladi, mana meni bitirganimga 15 yil bolgan, bironta yotoqxona qurilmagan bolsa kerak, men tengilarni farzandlari mana universitetda oqishyabdi
U yrga ham kirishni 5 yoki 6 ming qilib qo'yishadi
Talabalarni ham uylash kk.tugri fikr talabalarga arzon joy qib berish kk
Ha O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham deyarli barcha universitetda TTJ yetishmaydi shekilli
Ijara uylar juda qimmat hech bo'lmaganda 1-kurslarga berilishi kerak meni o'ylashimcha
Undan kura biz qurib nermaymiz deb quya qolsin.Xozirda qabul kvotalari oshirlaypti shunga yarasha talabalarni yotoqxona bilan taminlashsa bulmaydimi tulangan xamma kontrakt puli budjetga borib tushadi xech bulmasa usha pullardan qurib berishsin xozirgi kunda 50$ dan kup pul tulab kvartira ijaraga olgan talabalar bor ular oyiga buncha pulni qayirdan olishadi pul yuqligidan ishga chiqishadi uydagilarimga ogirlik tushmasin deb ishlashadi bu yoqda uqish qolib ketadi.Menimcha raxbaryat talabalarni arzon talabalar yotoqxonasi bilan taminlashsa men uylardim xar bir talaba uzini ustida kuproq ishlashga vaqt ajratardi.
undan ko'ra masalani boshqa tomonga qaratingla kim boshqaryapti uy joy bozorini narx navoni aniq qilib etishadi, uverin, kim turibdi boshida, aniq bilaman oddiy odammas, oldinlari bizam yashaganmiz unaqa bunaqa qilib yashasha bo'lardi, hozir nerealniy bo'p ketdi, odamla uni bunga urib, uni kiydirib uy joy qib yotibdi,
Show next 100 comments