This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Талабалар турар жойи муаммоси бўйича

Республика Олий таълим кенгаши раиси Ўктам Умурзоқов Тошкент шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаевдан талабалар турар жойлари муаммоси, соҳага хусусий секторни жалб қилиш, бюджетдан орттирилган маблағлар эвазига талабалар учун арзон турар жойлар қуриш ҳақида бирор режалар бор ёки йўқлигини сўради.

Жаҳонгир Ортиқхўжаев жавоб берар экан, маҳаллий бюджетни нималарга тақсимлашни депутатлар ҳал қилиши, лекин улардан 2021 йил учун таклифлар сўралганда бирорта депутат талабалар турар жойлари қуриш ҳақида таклиф бермаганини, демак улар бу масалани актуал деб ҳисобламаганини айтди.

Агар депутатлар рози бўлса, бунинг учун маблағ ажратиш мумкинлиги, фақат хусусий секторни жалб қилишдан аввал талабаларнинг эҳтиёжлари ва имкониятларини тўлиқ ўрганиб чиқиш кераклигини айтиб, турур жой масаласида талабалар ўртасида ижтимоий сўров ўтказишда ректорлардан ёрдам сўради.


👉 @xushnudbek 👈

465 comments

Show 100 more comments
😉😉😉😉😉😉
Shuncha komment yozgandan kvartira qidiringlar jigarlar
Rivojlangan davlatlarda xam ttj blan makdimal 20% taminlap beradi undan ortiq emas shunday ekan buni gapirmada xam buladi mani dadam xam talaba bugan aytishicha Usha Payti xam shunday muammo bugan xozr xam
Manbu Jahongir Ortiqxo'jayev moslashib qolibdi, yaxshi javob berdi har talaflama.
Baribir foydasi yuq ular qurgandan keyin yana oshadi yana oshadi va yana oshadi keyin ..... Yetgan oqiydi
joyida foydalanib kvortira so'rab olingla bu kommentga uy joyga muhtojla va kvortira beruvchilar kiradi, zato makler bo'miydi,
Manga oxshab kamentga sokish ucun kirganla bormi😂
Bu deputatlar keng shinam joylada yotishadide ularga bir tiyinku Talabalarni aholini hayoti ularga obro etibor kere Faqat birorta ko'zga ko'ringan ish qilmadi hech qaysi biri
Shu deputatlar tog'risida gapirmiman degandim barbir foydasiii yooqqqqq
Abrorjon Abdumannonov
Yoshlarni qo'llab-quvvatlash'' yilini shu ishni bajarish boshlashsa edi, qoyil qolardik
Yana bu ishlarni hal qilishni Rasul Kushervayevdan kutib qolamiz va biz Rasul Kusherbayevga ishonamiz✊✊✊
Hurmatli, Hushnud aka menda bitta taklifim bor edi, bu narx navo oshishi tagida katta talab yotibdi, yani odamlar keregidan ortiq uy joy olishyapti bazilarda bir nechtalab uylar bor, boshimdan o'tqizganim, novostroykaga borsengiz uy srozi qomiydi, kattaxonlar yoki o'ziga to'qlar uy olib qo'yadi keyin tirikchilik uchin sotishadi, qarabsizki talab oshivuradi narx navo ham oshuvuradi, Ortiqho'jayev prognoz qilibdila kvodrotura 1500 $ bo'larkan, yo qudratingdan, shunga oboradi ham hali chunki kuch qudrat bor da, huddi dollarga o'xshagan narsa, bozordan ko'p qilib sotib olib talabni oshiradi, keyin narx oshganida chiqarib sotiladi, buni hammasi haqiqat, kimdir bilib bilmaganga olishi mn, taklifim Germanyadagi tizimni joriy qilsak, yani 1 ta uy olsa soliq boj to'lov bo'lmaydi, 2 ta va undan ko'p bo'lsa, haddan tashqari soliq qo'shimcha to'lov qilishsin, qarabsizku odam ehtiyojidan ortigini ololmaydi, haligi tirikchiligini qilolmiydi, iltimos bir ko'ring shuni.(aniq tushuntirolmagan bo'lsam batafsil yetqazishim mn.)
Nurik...
Kvotalar sonini oshirguncha yotoqxona kvotalarini sonini oshir.
Mana qizlarim oqishga qaytdi.Yotoqxona ham yóq, kvartira ham topilgani yóq.
Doim yotoqxona muammo.Kvartiralar narhini kóring endi
Insofi Bor deputatlar yoshlarga qarasin biza ishlaylikmi yo uqiylikmi
Raxmonova.Sh.
Talabalar sarson turar joy yòq,dars kallasiga umuman kirmaydi chunki xayoli qayerda tursam ekan qaysi òrtoģimni xinasiga turib tursam kan degan fikr band etgan xayolini.qizlarni gapirmasak ham bòladi.
Yotoqxonani tug'rilab bersin
Show next 100 comments