Roʻyxatdan oʻtishda nega qoʻshimcha talablar kiritildi?

Olimpiadalarimizda, ayniqsa “Viloyat hokimi olimpiadasi" da juda koʻp odam roʻyxatdan oʻtadi. Bu albatta quvonarli. Lekin roʻyxatdan oʻtganlarning eng koʻpi bilan 70% i kelib qatnashadi. Bu esa achinarli. Roʻyxatdan oʻtishda qoidalarni birma-bir oʻqib: “Ha, barcha qoidalarga roziman va aniq kelib qatnashaman” degan joyni belgilashadi.

Oʻrganishlarimizda aniqladikki, kimdir uchun ustozi yoki tanishi roʻyxatdan oʻtib beradi. Koʻplab oʻquvchilar xatto roʻyxatda borligini ham bilishmaydi. Endi hamma oʻzi uchun va aynan mavjud google akkaunti orqali faqatgina bir marta oʻta oladi. Bir marta oʻtish kifoya, 2-3 marta (ba’zi “aqllilar” 10 martalab oʻtadi) sizga hech narsa bermaydi.

Shuncha talab qoʻysak ham, bitta oʻquvchi baribir 2 marta (ikkita google akkaunt orqali) oʻtibdi. Shunchaki qoyil. Siz zoʻrsiz.

P.S: Roʻyxatdan oʻtish va qatnashish bepul. Lekin oʻtdingizmi aniq kelib qatnashing. Siz uchun savollar nashr qilinadi. Isrofga sabab boʻlmang. 2-3 martalab oʻtib, sizni “oʻchirish”ga ketadigan vaqtimizni ham uvol qilmang.

17 comments

Madaminov_Javlonbek
Руйхатдан утишни оддийлаштиришни иложи йукми
Madaminov_Javlonbek
Руйхатдан утишни оддийлаштиришни иложи йукми
Olimpiadaga qatnashmoqchi o‘quvchi google akkaunt orqali kirishni bilmasa qatnashmagani maq'ul.

Nimaga Xalqaro kompaniyalar yoki universitetlarga hujjat topshirish qiyin bilasizmi? Shuni o‘zi 1--saralash vazifasini bajaradi.

Hozirgi kunda telefon ishlatadigan har bir odamda google akkaunt (Gmail pochta) bor. Ro‘yxatdan o‘tish ham telefon orqali. Bu yerda hech qanday murakkablik yo‘q.
Севара Юсупова
Хазарасп туманида хам килинглар бу сафар хотим олимпиадасини
Shirin .
Shovotda qachon o'tkazasizlar
Assalomu alaykum ota onalar röyxatdan ötishni osonlashtirishni emas tashkilotchini ishini osonlashtirishni söraylik!!!
Hamma olimpiada elon qilingan kundan röyxatdan ötsak, ertasi kuni röyxat chiqadi agar adashib 2,3 marta ötayotgan bölsangiz.
Шоира Хаитбоевна
Assalomu alaykum Google akkaunt nishap ochiladi man oʻtip bilmin durupman
З.А.А
Ассалому алейкум. Руйхатдан утишни соддалаштириш гарак. Руйхатдан утмади
З.А.А
Ассалому алейкум. Руйхатдан утишни соддалаштириш гарак. Руйхатдан утмади
Axborot asridi bitta gmail pochtaga ega boʻlmagan va 500 dan ziyoda odam roʻyxatdan oʻtgan joydan roʻyxatdan oʻta olmagan oʻquvchi olimpiadaga qatnashishga ham noloyiq degani.
MAFTUNA
Nimaga odamlarni muommosini hal qilish oʻrniga salbiy javob berilyapti.5-6-7-8 sinf oʻquvchilari unchalik katta odamlar emas.repititorda yurib tel ishlatmaydiganlari ham bor.ishlatsayam gmail pochtasi yoʻq.
MAFTUNA
Nimaga odamlarni muommosini hal qilish oʻrniga salbiy javob berilyapti.5-6-7-8 sinf oʻquvchilari unchalik katta odamlar emas.repititorda yurib tel ishlatmaydiganlari ham bor.ishlatsayam gmail pochtasi yoʻq.
Hech bir smartfon hozir google akkauntsiz ishlamaydi. Telefon ishlatmasa u oldin ham oʻta olmagan boʻlardi. Vahima qilmang, 800 ga yaqin odam oʻtgan. Demak roʻyxatdan oʻtish murakkab emas.
Guljahon Pirmatova
Assalomu alaykum biz olimpiadada roʻyhatdan oʻtolmay 2kundan beri ovvoramiz ,yordamlashvoring iltimos
Guljahon Pirmatova
Hokim alimpiadasi da
Shoxista
Assalomu alaykum men roʻyxatdan o'ta olmay qoldim boshqa imkoniyati yoqmi
Shoxista
Assalomu alaykum men roʻyxatdan o'ta olmay qoldim boshqa imkoniyati yoqmi
Yoʻq boshqa imkoniyat, vaqtida oʻtish kerak. Keyingisiga tayyorlaning.