This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Адлия вазири Русланбек Давлетов бугунги кунда Ўзбекистонда ахборот тарқалишига шароит қониқарсиз эканлиги ҳақида гапирди.

«Интернет Ўзбекистонда қиммат. Интернет арзонлиги бўйича Ҳиндистон биринчи ўринда – 1 ГБ интернет 9 цент. Учинчи ўринда Қирғизистон – 2 минг сўм. Қозоғистон эса 1 ГБ интернет 6 минг сўм экани билан дунё бўйича олтинчи ўринда турибди. Биз эса 16 минг сўм нарх билан 54-ўринда турибмиз.

Ёки интернет тезлиги бўйича ҳам худди шундай, 128-ўриндамиз.

Ўзбекистонда аҳолининг интернет қамрови 51 фоиз ва бу жуда кам. Бутун дунё мисолида оладиган бўлсак, 51 фоиз интернет дегани XXI асрда бу жуда уятли ҳолат. Қозоғистонда аҳолининг интернет билан қамров даражаси 80 фоиз.

34 млн аҳолига 19 та марказий телеканал ва 14 та радиоканал мавжуд.

Бошқа давлатларга қарасак, АҚШда 8 мингдан ортиқ телеканал бор. Россияда 3 300 та, Буюк Британияда 1 000 дан ортиқ, Қозоғистонда 100 га яқин, Украинада 600 дан кўпроқ телеканал бор», - деди адлия вазири.


👉 @xushnudbek 👈

177 comments

Show 100 more comments
Nasiba Tulqinovna🌺
Xususiy kanallar narxini osmon qilib oladi.Shunda ham bir xil kinolar ko'payib ketdi.Yoshligimda eslayman telvizorimizda O'zbekiston,Yoshlar,Sport kanallari bor edi.Mazza edi😊.Kino ko'rmasdik kitob o'qirdik.Hozir achinasan.......
Hozir u yoshlar eski kirib ketdi...keyin undan qiziqarli kanalar chiqqanligi sababli odamlar boshqa kanalarga otib ketishdi. Hozir kanallar koʻp Shuning uchun siz aytayotgan kanalar kam tomosha qilinyapti. Sifati zoʻr kanal hozir mashhur eski kanalarni odam koʻrgisi kelmaydi deb oʻylayman. Hozirgi kunda.
svet bn qamrab olish 100%masku internetga hafa bòlmasa bòlaveradi
Azizbek Yusupov
39 ta markaziy kanallardagi turk, bemaza ahad qayum seriallari yetadi. Ko'paytirib nima qilamiz?
Men ajablantirgan narsa shuki,necha o‘n yillardan beri hukumatimizning internet tezligini oshirishga qurbi yetmayapti.Hozirgi zamonda bizning internet dunyodagi internetlarning feodal shakli hisoblanadi.
Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг расмий жавоби: https://mitc.uz/uz/news/view/2299
Ayta olmagan gaplarimizni aytibdiku
Shuhrat
51 % бўладиде, ўзи энг кўпчилик ишлатадигани манимча Узонлайн. Оптикага уланмоқчи бўсез, 8-10 та одам биргаликда ариза ёзиб топширилса, ойлаб ётади. "Муомаласини" қилинадиган бўса 3 кунга қоми улаб кетилади. Хаммасини илдизи коррупцияда. Албатта бу шахсий фикрлар.
Faqat gapirish bilan ish bitmaydi,qanaqadir chorasini ko’rish kerakda endi! Axr hozir 21 asr ko’zlaringni ochinglar bunday
Aholi uchun juda katta yangilik bòldiku bu ma'lumot! Endi rahbar odam sifatida shu ahvolni yaxshilash uchun bir nimalayam qilingda!
Bizda internetni sekinligidan manfa't ko'radiganlar bor, axborot to'silishidan manfaatdorlar bor, megabayt sotishdan manfat topadiganlarniku gapirmasam ham bo'ladi. Shuuuuuncha manfat turganda xalq manfatini kim ham uylardi))
Yon qo'shni davlatlarga solishtirgan sharmanda internet.
Bu dangasa provayderlarga ish buyursang aql o'rgatadi.
Hamma internetga kirsa, dunyodagi chin haqiqatlarni bilib qoladi-da. Miyasi ishlab ketib qolmasinda.
Zato, osmonimiz musaffo!!!
Hamma muhokama qilishni qoyillatadi davlatlar b.n solishtirgandan ko'ra ishlasang bo'lmaydimi deydigan odam yo'q
БИЗДА БУНËДКОР СТАДИОНИ БОР!!! 🤣🤣
Xalq manfaati uchun ham jahon talablaridan andoza ilib gapirsa bo'larkanu. Men faqat soliqlar va shtraflar jahon standartlari asosida bo'ladi deb o'ylardim
БАХА
19 Ta telekanal Bordir Lekin U Telekanallar Toshkentdan Turib Yoritiladi Va Faqat Toshkent Ruxiyatini Beradi. Qolgan Viloyatlardagi Xususiy Telekanallarni Xam O'zbekiston Bo'yicha Tarqatish Kerak Ana Oshanda O'sha Viloyat Dardini Ruxiyatini Xis Qilasiz Va Telekanallarda Xam Raqobat Bo'ladi.
БАХА
Va Radiokanallar Haqida O'zbekiston Bo'yicha 14 Ta Radio Kanal Yo'q Ular Faqat Toshkentda Oladi. Vodiyda Masalan Oddiy Radioda 4 Tagina RadioKanal Bor Xolos. Masalan O'zbekiston, Yoshlar, Maxalla, O'zbegim Taronasi Bo'ldi Boshqa Radiokanal Yo'q.
Show next 12 comments