This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Адлия вазири Русланбек Давлетов бугунги кунда Ўзбекистонда ахборот тарқалишига шароит қониқарсиз эканлиги ҳақида гапирди.

«Интернет Ўзбекистонда қиммат. Интернет арзонлиги бўйича Ҳиндистон биринчи ўринда – 1 ГБ интернет 9 цент. Учинчи ўринда Қирғизистон – 2 минг сўм. Қозоғистон эса 1 ГБ интернет 6 минг сўм экани билан дунё бўйича олтинчи ўринда турибди. Биз эса 16 минг сўм нарх билан 54-ўринда турибмиз.

Ёки интернет тезлиги бўйича ҳам худди шундай, 128-ўриндамиз.

Ўзбекистонда аҳолининг интернет қамрови 51 фоиз ва бу жуда кам. Бутун дунё мисолида оладиган бўлсак, 51 фоиз интернет дегани XXI асрда бу жуда уятли ҳолат. Қозоғистонда аҳолининг интернет билан қамров даражаси 80 фоиз.

34 млн аҳолига 19 та марказий телеканал ва 14 та радиоканал мавжуд.

Бошқа давлатларга қарасак, АҚШда 8 мингдан ортиқ телеканал бор. Россияда 3 300 та, Буюк Британияда 1 000 дан ортиқ, Қозоғистонда 100 га яқин, Украинада 600 дан кўпроқ телеканал бор», - деди адлия вазири.


👉 @xushnudbek 👈

177 comments

Show 100 more comments
БИЗДА БУНËДКОР СТАДИОНИ БОР!!! 🤣🤣
Xalq manfaati uchun ham jahon talablaridan andoza ilib gapirsa bo'larkanu. Men faqat soliqlar va shtraflar jahon standartlari asosida bo'ladi deb o'ylardim
БАХА
19 Ta telekanal Bordir Lekin U Telekanallar Toshkentdan Turib Yoritiladi Va Faqat Toshkent Ruxiyatini Beradi. Qolgan Viloyatlardagi Xususiy Telekanallarni Xam O'zbekiston Bo'yicha Tarqatish Kerak Ana Oshanda O'sha Viloyat Dardini Ruxiyatini Xis Qilasiz Va Telekanallarda Xam Raqobat Bo'ladi.
БАХА
Va Radiokanallar Haqida O'zbekiston Bo'yicha 14 Ta Radio Kanal Yo'q Ular Faqat Toshkentda Oladi. Vodiyda Masalan Oddiy Radioda 4 Tagina RadioKanal Bor Xolos. Masalan O'zbekiston, Yoshlar, Maxalla, O'zbegim Taronasi Bo'ldi Boshqa Radiokanal Yo'q.
БАХА
Va O'sha Telekanal va Radiokanllarda Ishlaydigan Jurnalist va Muxbirlar Haqida Ko'rsatuv va Radio eshittirish Jarayoni Faqat Toshkentdan Nariga O'tilmaydi. Maktab, Shifoxona, Xarbiy Xizmat, Iqtidorli Yoshlar, Xususiy Tadbirkorlik, Ko'rik Tanlovlar va Xakozo. Vaxolanki Viloyatlarda Xam Maktab, Shifoxona, Iqtidorli Yoshlar Juda Ko'p Ularni Kim Yoritadi. Viloyat Xususiy Telekanallari Sms Chatdan Nariga O'tmaydi.
Зато осмонимиз мусаффо
Сарвар Муҳаммадиев
Адлия вазирининг фикрларини диққат билан эшитаман. Қолганлар ҳам шундай деб ўйлайман. Ҳар қандай масалага ўзига хос ёндашади. Ортиқча рақамлар ва зерикарли баёнотлар бермайди. Қани эди барча раҳбарлар шундай бўлса!
Aqshda 8ooo ta kanal borekan 24 soat ótkazsa ham hammasini kórib chiqolmediku
꧁🍫ℭh๑₭๑ใลτ₭ล🍫꧂
Был выдвинут очень интересный вопрос. Целесообразно его устранить.
Bizda TV kannalrimizni ko'rishni hojati yo'q sababi: buzuqi turk seriallarni qo'ygani qo'ygan odamni ko'rgisi kelmaydi ishonmasayiz hozir TV qo'yib biron bir kanalga qo'ysangiz turk seriallari hammasida nima degan gap bu? O'zbekiston fuqarolariga o'rnak bo'ladigan joyi umuman yo'q. TV kanallarimiz "Oz bo'lsin soz bo'lsin"
Adliya vaziri deganiz biznesmenku pul qilishni biladi. Undan kura qulidegi vlastni ishlatib strukturani xalq manfaatiga xizmat qiladigan qilsa bulardi.
Bolta shurva qib berishadi.
Telikanallarimiz kamligi albatta yomon. Lwkin ularda faqat òzbek va turklarning 1 teyinga qimmat seriallari berishi undan ham yomon. Shunday kanallar kerakki fuqarolarimiz jamiyatga iqtisoda mamlakat rivojiga va albatta òzining yaxahi kelajagini yaratish uchun turtki bòladigan kanallar kerak va telgramda Xushnudbek.uz singari kanallar ham kòpayiah kerak. Enternet narxi bòyicha hech bòlmasa kuchli 5talikka kirish kerak
Bizda kanallar kam bo'lsa ham mayli, lekin bori ham quloqqa lag'mon ilishdan nariga o'tmaydigan, senzura botqog'iga botgan kanallar hammasi.