⚡️Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichining o‘tkazilish jadvali!

🆕 Asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:

⬛️ Barcha savollar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tuziladi va tuman bosqichida faqat 30 ta test beriladi va qiyinlik darajasiga ko‘ra baholanadi:

▪️(1-10) 10 ta sodda testga 0,9 balldan;
▪️
(11-20) 10 ta o‘rtacha testga 1,5 balldan;
▪️
(21-30) 10 ta murakkab testga 2,6 balldan;

Jami 50 ball.

🟦 Birinchi guruh fanlariga 90 daqiqa, ikkinchi guruh fanlariga 60 daqiqa vaqt beriladi. Olimpiada barcha hududlarda bir vaqtda soat 11:00 da boshlanadi!

🟥 1,2,3 - o‘rin sohiblari keyingi bosqichga chiqishadi. Agar o‘quvchilar natijasi teng bo‘lib qolsa, dastlab 21-30 testlardagi natijasi, u ham teng bo‘lsa 11-20 testlardagi natijaga qaraladi. Shunda ham teng bo‘lsa nomzodlarga 3 ta ochiq (javobi yoziladigan) test beriladi.

👉 @bazarbaevs

32 comments

Show 5 more comments
Lazizbek Rajabboyev
Ixtisoslik maktablarida masalan matematika fanidan 1 o'rinni olgani xam tumanga qatnashadimi Masalan Xalqaro matematika maktabida
Hamma maktab, nodavlat maktablar ham qatnashadi tumanda.

Faqat Akademik litsey, kasb-hunar maktablari va prezident ta’lim muassasalari toʻgʻridan-toʻgʻri 3-bosqichda qatnashadi.
Baxtigul Abilova(Turdiyeva)
S B
Maktab bosqichi bilan tuman bosqichini adashtirmang!
Almashtirganim yo‘q, haliyam
Baxtigul Abilova(Turdiyeva)
Almashtirganim yo‘q, haliyam
Hech qaysi hududda tuman bosqichi oʻtkazilmadi!
Indira
Hurmatli Sardor Bazarbaev keling shunga tayyorgarlik uchun olimpiada otkazaylik iltimos
Bozorova
Саволлар мактаб дастури асосида ми еки цукми
Bozorova
Саволлар мактаб дастури асосида ми еки цукми
Maktab dasturiga oid va qisman nostandart savollar beriladi. Maqsad eng kuchli bolalarni aniqlash.
Men 10- sinfman demak savollar 9-sinf darsligidan ham olinadi to'g'rimi? Chunki hozir o'quv yilining boshiku.
Liceyda oqiydigan 2 orinni olgan oquvchilar tuman boshqishga qatnashadimi
Gulzebo
ingliz tili qaysi bosqichga kiradi
Umatova Zulfiya
S B
Harakat qilamiz
raxmat
Savollar maktab dasturi asosidami
9sinflaga ham shundaymi 30ta test buladimi
Show next 6 comments