⚡️Магистратурага ҳужжат топширганлар диққатига!

Давлат ОТМларининг магистратурасига кириш имтиҳонларида иштирок этиш учун magistr.edu.uz - онлайн ариза топшириш тизимидан рўйхатдан ўтган, бироқ, ОТМлар томонидан текширув натижаси бўйича турли сабабларга кўра АРИЗАЛАРИ РАД ЭТИЛГАН абитуриентларга ҳужжатларидаги мавжуд камчиликларни жорий йилнинг 4 август куни соат 11.00 дан 6 август куни соат 11.00 га қадар қайта таҳрирлашлари учун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан имконият яратилади.

❗️Ушбу вақт давомида камчиликларни тўлиқ бартараф этмаган абитуриентларнинг аризалари қайта кўриб чиқилмайди ҳамда улар кириш имтиҳонларига киритилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

669 comments

Show 100 more comments
Nargi$a_Aminova
Assalomu Alaykum bakalavrman perevod qilyapman òzimda transfer.edu.uz sayti yaxshi ishlamiyotganligi sababli kursdoshimga perevod u.n xujjat topshirtirgandim Yunusobod tumanini Yashnobod deb belgilab yuboribti endi òzgartira olmayapmiz qabul tugashiga 2 kun qoldi endi prapiska joyim xato yozilgani u.n perevod qilolmiymanmi? Iltimos javob yozinglar? Maslahat beringlar .
Hozir ham qabul bolyapdimi
Assalomu alaykum hurmatli kanal o'quvchilari! Sizlarni @Biologlarkanali ga taklif qilaman! Abituriyentlar kirsin !
hujjat topshirilgandan sông ariza yuborildi-->Qabul qilindi-->Tasdiqlandi bo'ladi mantiqan
Bakalavr perevodi uchun ham qo'shimcha vaqt ajratilsa yaxshi bo'lardi.
3 marta qayta yukladim. Oddiy ketma-ketlik to‘g‘ri bo‘lmagani uchun rad qilishibdi. O‘zi o‘sha ilova nimani hal qiladi. Shunchalar ham mayda-chuyda ga qarab o‘tirish yaxshimi endi hurmattalab magistratura bo‘limidagilar?!!
Iroda Sedalova
Assalomu alaykum magistr xujjat topshirganman. Tasdiqlandi bb turibdi. Xujjatim ruyhatdan utdimi yoki qabul qilindi deyish kerakmi
Bu yoĝi òzbekchilik
Arizadagi diplom va ilovasini to‘g‘riligini tasdiqlash bakalavrdagi oliygoh komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilarkan. Man BuxDUda bakalavr tugatganman, magistratura QarDUga 27 iyulda topshirdim. Ariza haliyam ''tekshirilmoqda'' statusida turibdi.
👩‍⚕️Irodabonu Abdurahmonova👩‍⚕️
Ассалому алайкум, хайрли кеч, бакалавриат переводга ариза бергандим, лекин хали хам курилмади, 2 кун вакт колди, хатто 1 кун десам хам булади, тартиби канака узи, биладиганлар жавоб ёзинглар илтимос, олдиндан куп рахмат!
Salom xayrli kech mani hujjatlarim tasdiqlandida turipti haliyam qachon qabul qilindi bo‘ladi?
Ariza tekshirilmoqda deganda nimani tushunish kerak. Imtihonlar 3-avgustda boshlandimi. Yoki 4- avgustdan boshlanadimi?
Magistraturaga topshirganman
https://tx.me/uzb_lingvistika

Oʻzbek tili lingvistikasiga topshirganlar boʻlsa guruhda savol-javob qilamiz:
👉 @uzb_lingvistika
Qachon imtihon boʻlishini oʻzlari aytadimi
Imtihonga kirish uchun hujjat kerak emasmi
Show next 100 comments