⚡️Магистратурага ҳужжат топширганлар диққатига!

Давлат ОТМларининг магистратурасига кириш имтиҳонларида иштирок этиш учун magistr.edu.uz - онлайн ариза топшириш тизимидан рўйхатдан ўтган, бироқ, ОТМлар томонидан текширув натижаси бўйича турли сабабларга кўра АРИЗАЛАРИ РАД ЭТИЛГАН абитуриентларга ҳужжатларидаги мавжуд камчиликларни жорий йилнинг 4 август куни соат 11.00 дан 6 август куни соат 11.00 га қадар қайта таҳрирлашлари учун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан имконият яратилади.

❗️Ушбу вақт давомида камчиликларни тўлиқ бартараф этмаган абитуриентларнинг аризалари қайта кўриб чиқилмайди ҳамда улар кириш имтиҳонларига киритилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

669 comments

Show 100 more comments
Monica
Ulug’bek Ne’matjonov
OTM ga bog'lanib rad etishlarini so'rasa hammi?
Bog'lanib o'zgartirishlarini so'rasayiz bo'ladi,lekin qiyin masala
Hurmatli Xushnudbek aka iltimos qilardimki talabalar harakatiga e‘tibor qarating
Monica
Sizniki qabul qilinganmi?
tasdiqlnadi holatida. rad etishlarini so'rab telefon qilmoqchiman
Monica
Ulug’bek Ne’matjonov
misol uchun nemis tiliga topshirsa, faqat nemis tilini yozadimi?
Avval 2 ta til bo'yicha mutaxassis deb berardi,hozir afsuski, bilmayman,chet tili institutlarida bitta beradi,u universitetligi uchun aniq aytolmayman ammo tez orada so'rab berishim mumkin
Xushnudbek aka Magistiraturaga ariza umuman topshirmagan odam hozir shu vaqit oralig'ida topshirib olsa bo'ladimi
Monica
Ulug’bek Ne’matjonov
hozir so'rab berolasizmi? peadagog ham berarmikin
Yo'q,lingvistikani bitirganlarga pedagog bermaydi,dars berish uchun qayta tayyorlovdan o'tish kerak
Магистратурага экзамен качан ва кандай холда булади?
Monica
Yo'q,lingvistikani bitirganlarga pedagog bermaydi,dars berish uchun qayta tayyorlovdan o'tish kerak
Sharqshunoslikda beradi. peadagog 2 ta til bo'yicha. yaxshiyam rad etishlarini so'rab yozmaganim
Arizani hech qanaqasiga taxrirlab bo'lmayabdiku ishonch telefonlariham javob bermayabdi
4-avgust 11:00 dan beri harakat qilaman magistr.edu.uz sayitida arizani tahrirlash degan yozuv ko'rmayabman
Manzura Mahmado'stova
Assalomu alaykum hammaga, qabul qilindi db yozilgan bo'lishi keremi? Kim biladi?
Show next 74 comments