⚡️Магистратурага ҳужжат топширганлар диққатига!

Давлат ОТМларининг магистратурасига кириш имтиҳонларида иштирок этиш учун magistr.edu.uz - онлайн ариза топшириш тизимидан рўйхатдан ўтган, бироқ, ОТМлар томонидан текширув натижаси бўйича турли сабабларга кўра АРИЗАЛАРИ РАД ЭТИЛГАН абитуриентларга ҳужжатларидаги мавжуд камчиликларни жорий йилнинг 4 август куни соат 11.00 дан 6 август куни соат 11.00 га қадар қайта таҳрирлашлари учун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан имконият яратилади.

❗️Ушбу вақт давомида камчиликларни тўлиқ бартараф этмаган абитуриентларнинг аризалари қайта кўриб чиқилмайди ҳамда улар кириш имтиҳонларига киритилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

669 comments

Show 100 more comments
Ulug’bek Ne’matjonov
juda yaxshi ishlayapti
Shaxsiy kabinetga parol login bilan kirib bo'lmaydi bu eski kasali ya'ni parol tiklash qilib kirsa bo'ladi, bu sababi sms yuborgani pullik xizmat bo'lgani uchun shunday qilingan sayt. Shunday katta Vazirlikda mana shuni pullik qilgani (100 so'mdan kam) O'zbekiston uchun juda achinarli va kulgili holat.
Yuborildi deb turibti qayta tahrirlab ham bolmayapti nima qilsam boladi
Akmaljon
Assalomu alaykum Xushnudbek aka magistratura uchun qabul mana shu vaqtda toʻxtaganmi ?
Yana bitta savol aka.. men magistraturaga onlayn tarzda arizamni yuklash jarayonida diplom nusxasini yuklay olmadim ... Lekin qayta topshira olmayapman parolni tiklash imkoni boʻlmayapti...

Javob uchun oldindan raxmat sizga!
Assalom alaykum hurmatli Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Sizga juda zarur bir masalada yozyapman.

1-masala:
Men shu yil sirtqida 2-mutaxassislikda agrar sohada õqib chiqdim va magistraturaga topshirgan edim. Imtiyoz beruvchi B2 daraja sertifikatim ham bor. Bugun menga telefon qilishib, agar agrar sohada magistraturaga õqishga kirsam faqatgina kontrakt asosida õqishim mumkin emish. (Chunki oldin boshqa sohada magistrni tamomlaganman)

2-masala:
Keyin men õqishga kirsam, asosiy ish joyimdan bõshab ketarkanman. Õzi magistrant talaba aslida qancha stavkada ishlashga ruxsat bor?

Shu masalalarda vaqt ajratib yordam va maslahat bersangiz xursand bõlardim.
Oldindan kattakon raxmat!
BahtiyoR
Diplom seriya raqami shumi ???
Oʻzbek tili lingvistikasiga topshirganlar boʻlsa guruhda savol-javob qilamiz. Oʻtinglar:
👉 @uzb_lingvistika
Abbos XO'JA
Assalomu alaykum Xushnudbek aka man imtihon topshiradigan joyni o‘zgartirmoqchi edim agar iloji bo‘lsa qanday qilib o‘zgartirsa bo‘ladi
Assalomu alekum! Men 2016-yil bakalavrni tamomlaganman. Magistratura ga topshirganda diplomning elektron variantini (PDF) joylash kk ekan. Lekin menda elektron varianti yo'q edi. Orangizda topshirganlar bo'lsa qanday qildingizlar!? Javob un oldindan rahmat😊
Ko"zmunchoq
Assalom aleykum men ariza yuborgan edim ketti deb turibdi lekin 3 marta topshirayotganlarigim u-n to'lov qilishim kerak edi to'lov qiling deb chiqmaganligi sababli pul tashlamadim.Shu holatda ham mening arizam o'tganmi imtihonga kirishim mumkinmi yoki qaytadan tashlashim kerakmi
👊ANVAR
Assalomu alaykum oka qayta ro‘yxatdan o‘tolmayapmanu
👊ANVAR
Magistraturaga
BahtiyoR
Diplom seriya raqami shumi ???
Seriya raqam B harfi qo'yilgan 5-6ta no'mer bo'ladi!
Show next 24 comments