⚡️Ўзини ўзи банд қилган аҳоли даромад солиғидан озод қилинади

Шавкат Мирзиёев раислигида 19 май куни тадбиркорликни қўллаб-қувватлашга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Ўзини ўзи банд қилаётган, қўлида касб-ҳунари бор одамларга муносиб шароит яратиш мақсадида янги тизим жорий этилиши белгиланди. Яъни, сартарош, этикдўз, новвой, темирчи, дурадгор, тикувчи, таксист, таржимон, дизайнер, компьютер дастурчиси каби ўзини ўзи банд қилган 60 дан зиёд касб эгалари даромад солиғидан озод қилинади.

Мазкур имтиёздан фойдаланиш учун телефон орқали солиқ идораларини хабардор қилиш кифоя. Илғор хорижий тажриба асосида бундай фуқароларни рўйхатга олиш ва ҳисобини юритиш бўйича мобил илова ишлаб чиқилади.

Маълумки, йил бошида хусусий нотариусликка рухсат берилгани натижасида 617 та давлат нотариуси хусусий бўлди ва бюджетдан берилаётган 200 миллиард сўм иқтисод қилинди.

Худди шунингдек, ҳозирги кунда давлат идоралари кўрсатаётган кадастр ҳужжатларини тайёрлаш, ер ажратишда топосуратга олиш каби хизматларни хусусий секторга ўтказилса, минглаб янги иш ўринлари яратилади.

Тегишли ташкилотларга хусусий секторга ўтказиш мумкин бўлган давлат хизматлари рўйхатини шакллантириш юзасидан топшириқлар берилди.


👉 @xushnudbek 👈

57 comments

Show 10 more comments
Mazkur videoselektorda boshqa qanday yangiliklar boldi ekan tadbirkorlarni qayta oyoqqa turgizishni qollab quvvatlaydigan. Bu yigilishdam umidim kattaroq edi
Bu voxtinchalimi? Bunda davlat boji undiriliwi kozda tutilganmi?
Закиров Ф.
Маклер рэлторларни конуний ишлатиш кк
Oylashimcha bu katta yengillik emas. Yana bilmadim
Хушнуд Жумабоев
Даромад солиги ту́ланмаса пенсия тайинлашда нимага асосланиб хисоб китоб килишар экан?
Adiba Hakimovna
Soliq xodimlari rosa tixirlik qilib ko'radi.Imtiyozlarku berilyapti,lekin amal qilishmayapti.Aprel oyida ro'yxatda ko'rsatilganlar ishlamadi.Qayog'dan bo'lsa qarz,penya qo'yib soliq xodimlari pul undirish bilan ovora.Qog'oz ko'tarib uyma uy yurishibdi.uyog'da imtiyozu,qarorlar, buyog'da amal yo'q, bo'ysunishmaydi.Boshingni qayerga urasan...?
Aziz Abdullayev
Ular oldin daromad solig'i to'larmidi?
Farrux
O'sha 60 dan ortiq degan kasb va hunarlarni ro'yxatini iloji bormikan ko'rsak
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Uyda repititorlik qilish ham shunday imtiyozga ega bo'la oladimi yoki yo'qmi?
Iloji bo'lsa batafsil yoritib bersangiz yaxshi bo'lardi.
Мансуржон
Хушнут ака бу нимадегангап Узбекистон бой казилмаларга эга давлат бошкача яхширок ердамберишти иложийукми Мансуржон Андижондан
Еее бу халкни устидан кулишми узи шундогам бу сохалар солик туламасдикууу
Бу соха эгалари узи доим "имтиез"да юрадику. Олдинам туламаган эндиям туламайди. Лекин бюджетдан шаклланадиган хизматлардан фоидаланади.
Bu soxa egalari davlatga soliq to‘lamasdi
Bu qanday imtiyoz oʻzi iltimos toʻliqroq maʼlumot bersangiz, misol shu soha vakillari oʻzlari Yatt ochganda amal qiladimi yoki biron xususiy firmalar yoki budjet tashkilotida ishledigonlarigayam taaluqlimi?
Assalomu aleykum Xushnudbek. 60 Dan ziyod kasblar - aynan qaysilar? Qayerdan ko'rsak bo'ladi to'liq ro'yxatni?
Har doimgi gap
1. Korrupsiya (hamma soha)
2. Monopoliya (artel, gm, uzair...)
3. Ochiq sud (faqat oliy sudda bor ozgina haqiqat, qolgani hokimni qo'lida)
4. Ochiq va shaffof budjet (Ishimmetovdan kutamiz)
5. Raqobat (davlat hamma sohadan chiqishi regulyatorlik qilishi kk)
6. O'zgaruvchan qarorlar (faqat chet ellik emas biz uchun ham muhim bu)
7. Eng past bojxona (JST)
Faqat harbiylarimizdan xurdandmiz chegara mustahkam.
Mana nimadan boshlash kerak, men shular bo'lmasa to'lagan solig'imga rozi emasman. Daromad kam yo'llarimiz sifatsiz, ta'lim sifatsiz, komunikatsiya sifatsiz, ....
Бу нима дегани,олдин туланмаган нарса хозир кай тарзда туланмийди?навбатдаги майнавозчилик?
Xushnud aka bu bir qarmoqku statistika uchun real ishlarga o'tish kerak, xalq borgan sayin ezilib boryapti. Prezidentimiz bunaqa deydi, soliqchi boshqa deydi, bank boshqa, MIB boshqa, IIB boshqa It xurar karvon o'tar vaziyat boshqaku. Nega faqat eng kichik qonunbuzarlar qiziqtiradi? Ko'rsatib qoyishsin Yiriklarni ushlab xalq oldiga chiqarishsin
Iloyime bolarkanu yaxshi xabarlar ham endi bu xabarlar qacon kucga kirarkin bizni Anjonda))
(Sabab doim yangi qonunlar ciqib davlat idoralardan sorasangiz bizni Anjon bizda unaqa xabar yo'q deydi bezrayib)
Tepadagi fikrlarga javob tariqasida bular doim soliq tolagan agar rostan kucga kirsa demak biz soliqdan ozodmiz xudo xoxlasa
Mutlaqo tòģri bòlmaydi sektorga òtiwi axmoqgarchilik
Show next 26 comments