Bugun matematika terma jamoamiz a’zolari 4 ta kumush, 1 ta bronza va 1 HM (faxriy yorliq) oldi. Kamida 1 ta (oʻtgan yilgidek taqsimot boʻlsa 3 ta) oltin medalga umid qilib turgan edim. Oltin medal >=35 ball boʻldi, bizda bir oʻquvchi (10-sinf, ya’ni kelasi yili ham qatnasha oladi) 34 ball jamgʻardi. Demak tarixiy oltin medal yaqin, 2026-yilda kutamiz.
Ota-onalarga, ustozlarga, mutasaddilar va yigitlarning oʻziga tashakkur!