Super finalda g‘oliblar "g‘olibi" aniqlanadi!

Xabaringiz bor, 2025-yilda oflayn olimpiadalar o‘tkaziladigan hududlar qatoriga Buxoro viloyati qo‘shilgan edi. Bu safar (19-yanvar) dan boshlab Samarqand ham qo‘shiladi. O‘tgan olimpiada natijalarini tahlil qilib, o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni aniqladik. Bundan keyin har bir olimpiadadan keyin xuddi shunday eng kuchlilarni aniqlab, "super final"chilar ro‘yxatini kengaytirib boramiz. 5-yanvarda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra jami 12 nafar (7 ta Xorazmdan, 4 ta Toshkentdan va 1 ta Buxorodan) o‘quvchi "super final" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Super final" olimpiadasi "Yozgi maktab" boshlanishidan 2 kun oldin o‘tkaziladi va uning ochilishi marosimida taqdirlanishadi. Shuningdek, ular "Yozgi maktab" finalida ham qatnashishlari mumkin. "Super final"ga yo‘llanma olgan va kelib qatnashgan o‘quvchilarning barchasi taqdirlanadi. G‘oliblarini esa katta mukofotlar kutmoqda.

Super finalni noodatiyroq o‘tkazishni o‘ylayapmiz. Masalan testdan tashqari "yozma ish" savollari, katta sinflar o‘quvchilariga biror mavzuni 10 daqiqada tushuntirib berish kabi qo‘shimcha shartlar kiritish. Siz bunga nima deysiz?

Navbatdagi olimpiadamiz Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida o‘tkaziladi. Unda navbatdagi "super finalchi"lar aniqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso/4753

33 comments

Assalomu alaykum zo‘r o‘ylapsizlar, rahmat kattakon
Khiso jamosiga katta rahmat
Ishlarizni rivojini bersin
Sardorjon sizga katta rahmat
Nasib qilsa bizham shu ro‘yxatdan o‘rin egallaymiz
Babajanova.S
Assalomu alaykum Xorazm everbestdan Madiyarov Isobek ham xar olimpiadada 1 chi o‘rinni olib kelyapdi inobatga olinmaydimi?
Babajanova.S
Izoh berib o‘tsangiz
12-yanvarda Toshkenda bolib o'tgan musobaqada 1-o'rinni olgandi o'tmidimi uyam
Tojiyev Amir 1-sinf
QAYTAR DUNYO
Onlayinmi olinpigada
Hokim olimpiadasida yutganlar superfinalda ishtirok etishmaydimi yoki bu boshqa olimpiadami
Latofat Chuliyeva
Assalomu alaykum rahmat sizlarga.Ishlaringizga omad
KAROMAT XASANOVA
Assalomu alaykum. Superfinalda og‘zaki bo‘lmasin. Ayrim o‘quvchilarda hayajon kuchli bo‘lishi mumkin. Bilgan maʼlumotini yetkazib bera olmay qolishi mumkin. Yozma ish, test bo‘lgani maʼqul menimcha.
Babajanova.S
Javob uchun rahmat
Hakim kubogi olimpiyadasi qachon bòladi
Iltimos sanasini aytib yuboring
Show next 12 comments