Super finalda g‘oliblar "g‘olibi" aniqlanadi!

Xabaringiz bor, 2025-yilda oflayn olimpiadalar o‘tkaziladigan hududlar qatoriga Buxoro viloyati qo‘shilgan edi. Bu safar (19-yanvar) dan boshlab Samarqand ham qo‘shiladi. O‘tgan olimpiada natijalarini tahlil qilib, o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni aniqladik. Bundan keyin har bir olimpiadadan keyin xuddi shunday eng kuchlilarni aniqlab, "super final"chilar ro‘yxatini kengaytirib boramiz. 5-yanvarda o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra jami 12 nafar (7 ta Xorazmdan, 4 ta Toshkentdan va 1 ta Buxorodan) o‘quvchi "super final" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

"Super final" olimpiadasi "Yozgi maktab" boshlanishidan 2 kun oldin o‘tkaziladi va uning ochilishi marosimida taqdirlanishadi. Shuningdek, ular "Yozgi maktab" finalida ham qatnashishlari mumkin. "Super final"ga yo‘llanma olgan va kelib qatnashgan o‘quvchilarning barchasi taqdirlanadi. G‘oliblarini esa katta mukofotlar kutmoqda.

Super finalni noodatiyroq o‘tkazishni o‘ylayapmiz. Masalan testdan tashqari "yozma ish" savollari, katta sinflar o‘quvchilariga biror mavzuni 10 daqiqada tushuntirib berish kabi qo‘shimcha shartlar kiritish. Siz bunga nima deysiz?

Navbatdagi olimpiadamiz Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida o‘tkaziladi. Unda navbatdagi "super finalchi"lar aniqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ t.me/khiso/4753

33 comments

Show 16 more comments
KAROMAT XASANOVA
Assalomu alaykum. Superfinalda og‘zaki bo‘lmasin. Ayrim o‘quvchilarda hayajon kuchli bo‘lishi mumkin. Bilgan maʼlumotini yetkazib bera olmay qolishi mumkin. Yozma ish, test bo‘lgani maʼqul menimcha.
Babajanova.S
Javob uchun rahmat
Hakim kubogi olimpiyadasi qachon bòladi
Iltimos sanasini aytib yuboring
Yozma ish koʻrinishida olishniga qoʻshilamiz, oʻquvchi ishlanishini tushuntirib bersa yanada yaxshi!
Ахмедова Халимахон
Хасанова Шахзода Кушкупир 4 ИДУМ 4 синф 6 синф деб руйхатга олинибди
Assalomu alaykum. Yozgi maktabga faqat mana shu ròyhatdagilar boradimi
🌸
Assalomu alaykum. Yozgi maktabga faqat mana shu ròyhatdagilar boradimi
Bu yozgi maktabdan oldin boʻladigan olimpiada. Yozgi maktabga 150 ta odam qatnashadi
Rahmat
Sardorbek O'rinbosarlaringiz bilan uchrashib masala quyib kelgandim. Manimcha yo nazarlari ilishmadi shekili
Yozma Isham qoʼshing chunki yozma ishda tahmin qilib boʼlmaydi bu sifatni oshrita
S B
2000 ta odamni yozma ishini tekshirib bo’lmaydi
Boʼladi man oʼzim tekshirib beraman 😄.Agar savol qiyin boʼlsa 2000 ta odamni 30 tasiyam yechoglmaydi.Agar shunchalik aqlli boʻlsayam eplab boʼladi.Stem olimpiadasida 15 ta oʻqituvchi 2000 dan ortiq odamni ishini bir kechada tekshiradi u muammo emas
Keyin yozgi olimpiada 150 kishi qatnashadi degansizku ulanikini tekshirish oson
Farodis Hoshimov
Boʼladi man oʼzim tekshirib beraman 😄.Agar savol qiyin boʼlsa 2000 ta odamni 30 tasiyam yechoglmaydi.Agar shunchalik aqlli boʻlsayam eplab boʼladi.Stem olimpiadasida 15 ta oʻqituvchi 2000 dan ortiq odamni ishini bir kechada tekshiradi u muammo emas
1. Yozma ish asosan yuqori sinfda bôladi (butun dunyoda shunaqa)

2. Masalan mana yaqinda hokim kubogi finalida yozma ish qildik

3. Maslahat berishdan osonroq ish yo’q. Ishoning, siz bergan maslahatni eniga ham bo’yiga ham o’rganib ko’rganmiz.