Maktab oʻquvchilari uchun Oʻzbekistondagi birinchi “Moliyaviy matematika” onlayn testida qatnashing!

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Khiso.uz hamkorligida ilk marotaba oʻrta (5-8) sinf va yuqori (9-11) sinf maktab oʻquvchilari uchun Oʻzbekistonda “Moliyaviy matematika” onlayn testi tashkil etilmoqda.
Onlayn testda qatnashib, oʻzingiz uchun bank xizmatlari, shuningdek, pul bilan muomala qilish va ularni tejash boʻyicha qiziqarli masalalarning yechimini bilib oling!

Oʻtkazib yubormang! Onlayn-test 30 oktyabr kuni oʻrta sinf va yuqori sinf oʻquvchilari uchun mos ravishda 16:00 da va 17:30 da boshlanadi. Oldindan khiso.uz platformasida roʻyxatdan o'tishni unutmang.
Qoʻshimcha ma’lumot va onlayn-test qoidalari ushbu havola va yoki 71-212-73-56 raqamiga bogʻlanib bilib oling.
Barchaga omad tilaymiz!

#jamgʻarmaqil
#butunjahonjamgʻarishkuni2020
#WorldSavingsDay2020
#savebig2020

7 comments

Gʻoliblarga qoʻshimcha sovgʻalar bormi, talabalar kabi
Qanaqa qilib ro'yxatdan o'tiladi😕
Ibadlayeva Malika
"Moliyaviy Matematika" olimpiadasiga qanday qilib ròyxatdan òtiladi. Khiso.uz saytida bu olimpiada haqida hech qanaqa ma'lumot mavjud emas ekan
BOBOJONOVA OYSARA
olimpiada qandaydir sovgalar bormi
Assalomu aleykum.Takroriy o'tkazishning iloji mavjudmi.