​​⚡️Бугундан магистратурага ҳужжатлар қабул қилиш бошланди
#abituriyent

1 июлдан бошлаб бутун республикадаги давлат ОТМларида магистратура учун ҳужжатлар қабул қилиш бошланди.

Қабул 30 июлгача (шу куни ҳам) давом этади.

📲 Ҳужжат топшириш magistr.edu.uz сайти орқали онлайн амалга оширилади, ОТМларда қабул қилинмайди!

Ҳужжат топшириш учун керак бўладиган маълумотлар:

1) Паспорт маълумотлари тўлдирилади. Бунда абитуриент ЖШШИР рақамини ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритиши кифоя. Паспортнинг сканер ёки расм варианти талаб этилмайди;

2) Доимий яшаш манзили (тушунарли айтадиган бўлсак, прописка бўйича) киритилади;

3) Бакалаврда тугатган таълим муассасаси маълумотлари киритилади;

4) Дипломнинг расми ҳамда баҳолар қайд этилган илованинг сканер варианти юкланади;

5) Агар абитуриент имтиёзларга эга бўлса, яъни чет тилини билиш сертификати, олимпиадалар ғолиблиги, Президент ёки номли стипендия соҳиби эканлиги ва ҳ.к.ларни тасдиқловчи ҳужжатларни киритади;

6) Ҳужжат топширмоқчи бўлган мутахассислигини танлайди.

❗️Абитуриентдан шундан бошқа қўшимча ҳужжатлар, масалан фотосурат, мақолаларининг нусхаси, тиббий маълумотнома талаб этилмайди!


👉 @xushnudbek 👈

341 comments

Show 6 more comments
Magistraturaning imtixoni qanday bo'ladi?
Assalomu alaykum Xushnud magistraturada sirtqi (zaochniy) bormi yuqmi shuniyam aniqlab bering iltimos
Assalomu alaykum! Magistraturaga kirish imtixonida diplom bali va ingliz tilidan ko'ra mutaxassislik testi muhim va hal qiluvchi bo'lib qolgan. Testni komyuterda topshirsa ham javobi usha zahoti chiqmaydi. Bundan maqsad nima? Nima uchun bu narsaga barcha e'tiborsiz? Oldingi yilgi natijalarga qarasa diplom bali 85, ingliz tili 50 (IELTS), test bahosi 50 bo'ib kira olmaganlar va aksincha diplom bali 70, testi 90 bo'lganlar bor. Nima uchun test hal qiluvchi bo'lishi kerak va nega natijalar ochiq emas? Bu mavzuni shuncha yildan beri hich kim ko'tarib chiqmagan.
karantin sababli diplomni olmadim, diplom ko'chirmasi bilan hujjat topshirish mumkinmi?
Assalom alekum Xushnud aka chet elda magistraturada oʻqish haqida ham malumot bersez iltimos
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Man bakalavrda uqiman uqishimni kuchirmoqchi edim qanday dakumentlar va arizalar kerak shu haqida ham malumoq bering iltimos. Iloji bolsa arizalarning .pdf formatidagi namunalarini ham kanalizga joylab bering oldindan katta rahmat.
Magistraturaning imtihoni qanday boʻladi
Dilmurod
Xushnudbek aka ikkinchi mutaxasislik to'g'risida malumot bering iltimos
Ассалому алейкум. Магистратурадаям худди бакалаврятга охшаб бир нечта мутахасисликка топшириш мумкинми?
Agar institutni tugatgan nomzod bakalavrga xujjat topshirgan bolsa u shu vaqtda magistratura ga ham hujjat topshira oladimi
Assalomu aleykum rahmatullohu barakato!
Mana xaliyam magistraturani savollar chiqqani yoq.
Turdosh yo'nalishlar nima boladi
BexrUZBek
Xushnudbek yaxshimisiz? FBSh (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)lar OTMga borib hujjat topshiradimi?????
22-maktab psixologi Shodiyeva Zebo
Assalomu alaykum Xushnud aka agar shu sayt Oliy ta'lim vazirligi sayti bo'lsa, Ta'lim tugabdi unda Sababi Menning emas Men,Sen +ning,ni,niki qo'shimchasi qo'shilsa asosdagi n tovushi tushish natijasida Menning emas mening, senni emas seni ,menniki emas meniki tarzda aytiladi va yoziladi .Chalasavodlar to'g'rilab qo'ysin Oliy ta'lim bunaqa xatoliklarga yo'l qo'ymasin (Oliy ta'lim-a?)
Bakalavrni boshqa mutahasislikda uqib magistra turani boshqa mutahasislikka topshirsam buladimi
Otabek
M G
Imtihonni dtm oladimi yoki otmni ozimi shu savolga aniqlik kiritib bering
Keyin faqat test bo‘ladimi yoki spest fandan yozmami nega mafistratura umuman yoritilmayapti
Show next 100 comments