Super finalchilar.pdf
262.2 KB
⚡️ Super finalchilar soni 97* taga yetdi!

➗ Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman.

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 10 ta olimpiadadan keyin jami 97* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 49 tasi Xorazm, 23 tasi Toshkent shahar, 8 tasi Buxoro, 7 tasi Farg‘ona, 3 tasi Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi Samarqand, 1 tasi Andijon va 1 tasi Namangan viloyatidan. Hozircha Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiydan "super finalchi" aniqlanmadi.


Bugun (15-iyun) mavsumning eng so‘nggi olimpiadasi o‘tkaziladi. "SUPER FINALCHI"lar va "YOZGI MAKTAB-2025" ishtirokchilari aniqlanadi.

Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!

1 comment

Bekzod
Assalomu alaykum biza bu olimpiadada oldin ishtirok etmaganmiz. Super finalga qatnashsak buladimi, ro'yxatidan o'tganmiz tulov usha yerda qilinadimi?