Biroz oldin olimpiadalarimizda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar soniga koʻra
Xorazm viloyati 1-oʻrinni egallagani haqida
xabar bergan edik. Ushbu video rolik aynan Xorazmlik oʻquvchilarga bagʻishlanadi, sizlar bunga munosibsizlar!
Bu yil Xorazm viloyati
ta’lim sifatida juda katta oʻsishlarga erishdi. (
Bu haqida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ham oʻz sahifalarida aytib oʻtgan: https://t.me/shshermatov/137)
Albatta bunda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mehnatlarining oʻrni katta! Qaysi makonda ta’limga e’tibor va ragʻbat katta boʻlsa, eng katta rivojlanish ham oʻsha joyda boʻladi!
Olimpiadalarimizni targʻib qilishda yaqinda yordam bergan Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshligʻi
Xamro Bektemirov va XVXTB matbuot kotibi
Axmedova Malika opaga minnatdorchilik bildiramiz!