⚡️Абитуриентлар диққатига: кимё ва биология фанлари бўйича талабгорларни онлайн рўйхатга олиш бошланди

👨🏻‍💻 Бугун, 3 март кунидан бошлаб Миллий тест тизими доирасида кимё ва биология фанлари бўйича талабгорларни онлайн рўйхатга олиш бошланди. Бу ҳақда ДТМ хабар бермоқда.

📆 Талабгорларни онлайн рўйхатга олиш my.dtm.uz сайти орқали амалга оширилмоқда.

🖥 Мазкур хизмат “Milliy sertifikatlar” бўлимида жойлашган бўлиб, шу ердан тегишли фан (кимё ёки биология) ни танлаган ҳолда тест синовига ариза бериш мумкин.

⏳ Тест синови натижаси бўйича энг юқори баллнинг камида 60 фоизини тўплаган шахсларга 3 йил муддатга сертификат берилади.

✅ Мазкур сертификатга эга бўлган абитуриентларга сертификатдаги ўзлаштириш фоизига мос равишда ОТМга кириш тест синовларида ушбу фандан белгиланган максимал баллга нисбатан табақалаштирилган (пропорционал) балл берилади.


👉 @xushnudbek 👈

222 comments

Show 12 more comments
Hozirgi Abituriyentlarga ancha yengillik boʻlib ketyaptimi qoʻshimcha sertifikatlar qoʻshimcha ball, bu ball xar holda 1-avgustda bosim ostida toʻplashdan koʻra ancha oson yigʻiladi))👍
Menimcha shu narsa kerak emas.Kim aytaoladi bu korupsiyasiz buladi deb
꧁◍ 𝓑𝓮𝓱𝔃𝓸𝓭 𝓔𝓻𝓰𝓪𝓼𝓱𝓮𝓿◍ ꧂
•#Elbek G‘aniyev •
to`lovi qancha bo`lishi mumkin
eng kam oylik ish haqining 1,5 barobari
Jahongir Muzaffarovich
To‘plagan baliga proparsional balla bersa ,yana testlar qiyin bo‘lsa undan ko‘ra imtihon topshirgani yaxshimasmi?Taklifim ma’lum foizdan oshgan o‘quvchilarga 100% lik maksimal ballni berish kerak. Bo‘lmasa milliy test tizimini hech kim topshirmaydi. Fikrim!
Matematika qachon
Qayumova Muqaddas Abduolimovna
Zo`rku
Lekin yaxshi imkoniyat abiturent uchun
Jahongir Muzaffarovich
Yana qimmat
Tezroq biz ham Oliy ta'limni bumday darajadan pastroqqa tushurishimiz keral
Assalomu alekum yaxshimisiz Xushnudbek aka. Test sinovlari qayerda utkaziladi. Yopiq binolardami yoki onlaen tarzda ham topshirsa buladimi.
Iloji bulsa shunga ham javob yozsangiz
Bu yerda ham nohaqlik, poraxo‘rlik chekka qishlaqlarda internet bo‘lmasa bu testdan xabari bo‘lmasa qani adolat ular odam emasmi. Dtmda ishlayotlar pul ishlashni boshqacha yo‘llarini o‘ylab topishyapti shekilli
Sanjar MuZaffarOV
pulli xizmatlar ko'payaversin.
LBX - lyubaya biznes xorosha.
Jahongir Muzaffarovich
Nimaga proporsional ball berish kerak. Milliy test tizimidan 90% foiz ishlagan o‘quvchi 27 dona ishlagani bo‘ladimi? Lekin milliy test tizimidagi savollar qiyin bo‘lsa,undan ko‘ra imtihonga kirsa yaxshimasmi? Balkim unda 30 ta ishlar osonroq bo‘ladiku? Fikrim!
😎 .
Тест кандай топширилади екан
😎 .
Олайнми
Qachondan o'tkazilish boshlanarkan? Dekabr edi adawmasam royxatdan o'tish.
Sanjar MuZaffarOV
tushgan puldan nexia 3 va sparkni zararini qoplaymiz
Show next 100 comments