Kitoblar qanday yaratiladi?Bilasiz, hozirda 5 xil turdagi jami 7 ta kitob nashrdan chiqarganmiz. Har bir kitob ustida jamoa 6 oydan 1 yilgacha ishlaydi. Savollar tuziladi, toʻplanadi, tahrirlanadi. Rasmlari chiziladi, video yechimlar tayyorlanadi va montaj qilinib youtube kanalimizga yuklanadi. Bularning barchasi
uyqusiz tunlar va
katta moddiy mablagʻni talab qiladi.
Aslida rivojlangan davlatlarda kitob yaratuvchilarni nafaqat
davlat, balki
xalq ham himoya qiladi. Chunki ijodkorlarning koʻz nuri va peshona teridan paydo boʻlganini yaxshi biladi. Xalqimiz qanchalik
ilmsevar boʻlsada, afsus guruch kurmaksiz boʻlmaganidek ba’zi bir maraz (qoʻpollik uchun uzr) shaxslar (inson deyishga tilim bormadi) uchrab turadi. Bugun yaqin aka doʻstim
Isroil aka Tillaboyev (
@domlajon telegram kanali asoschisi) bitta xabar yubordilar. Unda oʻzidan “tadbirkor” yasab olgan bir kimsa, biz va biz kabi mehnat qilayotgan boshqa bir nechta ijodkorlarning yaratgan kitoblarini bir necha dollarda elektron variantini sotishini va ularning skrinshotidan namunalarni ulashibdi.
Darhol Ichki ishlar vazirligiga ariza yozdim. Qonun ustuvor davlatimizda qonunbuzarlar topilishiga aminman.
Asosiy masala bu emas. Talab borki bunday pastkash kimsalarga ish topiladi. Kitobni emas elektron variantini qalloblardan sotib oladigan (3 tasini 20$ debdi, bizda esa kitobni asl holi 250.000, deyarli farq yoʻq) azizlar:
Bir tasavvur qiling, sizning farzandingiz uyqusiz tunlari orqali yaratilgan mehnat mahsulini kimdir shunday gʻirromlik yoʻli bilan sotishini qabul qila olasizmi?