Shu mavzuni ko'targaniz yaxshi bo'ldi. Men Qozog'istondan o'qishimni Nukus Davlat universiteti Yurisprudensiya fakultetiga perevod qilib keldim. Karantin tufayli moliyaviy ahvolimdan kelib chiqib kontrakt tulovini 20-iyul kuni tuladim. Va shu kuni Moddle tizimidan onlayn darslar uchun login parol berishdi. Atigi bir hafta utmasdan ekzamenlarni boshlab yuborishdi. Eng yomoni fanlardan utilgan mavzularni uqimasak, normalniy dars urganmasdan qanday qilib ekzamen topshiramiz. Deyarli hamma yiqilyapti. Men 2 kursdan perevod qilib keldim. Agar bu ekzamenlardan utolmasak, kursdan kursga qolib, yana bir yil umr ketib, yana kontrakt pullari havoga ketadimi??? Uzi karantin tufayli odamlar qiynalib, yeb ichishga arang pul topayotgan bulsa. Yana qaytadan 2 kursga qolib o'qishga sharoitim ham, vaqtim ham yo'q. Uzi 29 ga kiryapman. Qozog'istonda kunduzgi ta'limda o'qirdim. Bizni hujjatlarimizni kechgiga deb qabul qilishdi, rozimiz. Lekin hozir hech kimdan suramay sirtqiga utqizib yuborishdi. Bu adolatdanmi??? Shu masalada oydinlik kiritib, bir post chiqarsangiz. Iltimos.