Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

Olloh kalomi - qur’oni karimda dunyodagi barcha ilmlar bundan 14 asr oldin zikr etilganligi yana bir isbot keltirmoqchiman. Aniqrogʻi, ustozim Karim Rahimov oʻzlarining telegram kanalida keltirgan postni sizga ham ulashmoqchiman:

Vaqtning nisbiyligi!

Eynshteynni deyarli barcha tanisa kerak, uni koʻpchilik daho deb biladi. Haqiqatda u koʻpgina ajoyib ilmiy ishlar qilgan. Shulardan biri nisbiylik nazariyasi. Xususan vaqtning nisbiyligi, ya’ni har xil makonda vaqt har xil oʻtadi. Umuman olganda massa kattalashgan sari vaqt sekinlashib boraveradi. Bu nazariya edi, va u toʻgʻriligi yaqin oʻtgan yillarda isbotlandi.


20-asrda rivojlangan bu nazariya 14 asr oldin muqaddas kitobimiz Qur’onda ochiq oydin yozilganligini koʻrishimiz mumkin. Xususan, Sajda surasi 5-oyatda
''U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. Soʻngra oʻsha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng boʻlgan kunda Unga chiqar'' .

Haj surasi 47-oyatda

''Ular sendan azobning tezroq kelishini soʻrarlar. Holbuki, Alloh vadasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.''

Bu oyatlarda vaqtning nisbiyligi haqida ochiq oydin aytib oʻtilgan. Subhanallah!

2 comments

Юсуфбой Мадаминов
Салом Сардорбек.
👍