Yosh kimyogarlar olimpiadasi 2-bosqichining o’tkazilish tartibi to’g’risida (1)

YKO tashkiliy qo’mitasi va hakamlar hay’ati olimpiadaning 2-bosqichida ishtirok etishga muvaffaq bo’lgan qatnashchilarni qutlaydi va barchaga omad yor bo’lishini tilab qoladi!

•YKO 2-bosqichiga barcha ishtirok etishi mumkin, ammo sovrinli o’rinlar va tegishli diplomlar faqatgina 1-bosqichda qatnashib 2-bosqichga yo’l olganlar orasidan tanlanadi! Ya’ni 2-bosqichda o’rin oluvchilar 1-bosqichda ishtirok etib yetarli ball to’plaganlar qatorida bo’lishlari kerak. 2-bosqichga yo’llanma olganlar ro’yhati guruhlar kesimida kanalda e’lon qilingan.

•Abituriyentlar uchun 30 ta test savoli tayyorlangan bo’lib, ularga 2 astronomik soat ajratilgan.

•Abituriyentlar testlarni ma’lum platformada (platformaga havola va testlarga ruxsat olimpiada boshlanishidan biroz oldin kanalda e’lon qilinadi) yechishadi va javobini testni yechib tugatgan zahoti bilib olishadi.

•Abituriyentlar uchun olimpiada Olimpiada 2021-yil 16-may kuni soat 10:00 da boshlanadi va 12:00 gacha davom etadi. 12:00 dan keyin yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi.

1 comment

Soat 09:00 da ham boshlanadi debdi, qaysi birida ishtirok etishim kerak