Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Фотима Анарбаева
125,4 СамДУ 1994 йил
Qaraqalpaq Mamleketlik Universiteti Ximiya qaniygeligi 132,8 ball 1-grand 2018-jil
XursanoyXudoyberdiyeva
150 ball: tarix 24ta, ona tili 25ta, ingliz tili 21ta
Men 2020yil 154.1 ball bilan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganman Matematikadan 22 ingliz tilidan 27 topib . Lekin savollar ancha soddalashgan edi. Avvalgilarga nisbatan 25% atrofida
145.6 ball Tarix super kontrakt🤣🤣🤣
Ahrorbek Rizayev
2011 yili Andijon davlat universiteti Tarix fakultetiga 198.7 ball bilan davlat granti asosida oʻqishga kirganman. Oʻtish bali aniq esimda yoʻq
103 ball bilan kantraktga kirganman.😁
Allohga shukr magistraturaga ham kirib bitirib oldim.😊
Elbek Baxshilloyev
2017 йил 197 балл, тўлов-контракт, Тошкент давлат юридик университети.
147 bilan kontrakt. 2013-yil.
Shaxzod Mustafayev
2012 yil 139 ball QarDU amaliy matematika
156.3 ball bn 2yil edi. Kirsam kirdim bolmasa armiyaga ketaman degandim. Sharqshunoslikka kirdim. Tarixdan 28ta ona tilidan 20ta. Ingliz tilidan 25ta ishlaganman. Eng qizigi imtihondan oldin shuncha ishlayman degandim rostan ham shubcha ishlaganman. Inson nimani chin kongildan xoxlasa ósha bólar ekan.
O‘tgan yili ya'ni 2020-yilda
167 ball bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga o‘qishga kirganman 27 ta Biologiya 26 ta Kimyo yechganman.

Xushnudbek aka men ham huddi siz kabi so‘nggi o‘rinlarga ilashib qolganman.
Toģri 2008 yilda Milliy universitetning yuridik fakultetiga 185 ball bn kira olmaganman. Yuqori bal 220 ballni tashkil qilgandi. Hattoki kontraktga ham ilinmaganman
152 bal bn kantrakt òtgan yil kirgandim😉
163 ball bilan 1-o'rinda budjetga NamMQI Transport 2014-yil
2012-yil CHOTQMBYU BUDJET
96.3 😂. Xozir 3-kursman. Harbiy xizmatdan olingan legota yordam bergan ✊
2008-yil Milliy Universitet tarix yo'nalishi 185 bal, qulaganman. 2009-yil Jahon tillari Fransuz tili yo'nalishi, 214,4 ball byudjet birinchi o'rin
Show next 100 comments