Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Mohlaroyim Isakova
Assalomu alaykum. Men ham 1 avgustni koʻzda yosh bilan eslayman naq 4 marotaba kirganman imtixonga oʻsha telefonlar sababli 3 yil yiqilib oxiri 156,6 ball bilan kontrak boʻlib oʻqiganman. Ollohga shukur agar oʻqishga kirolmaganimda mening taqdirim boshqacha boʻlardi.
Dildora Rakhmonova
Albatta eslay olaman. 186,6 ball bilan Qarshi davlat universitetiga kontraktga kirganman. Inyaz
Hamidullo Mahkamov
2007 yil 154 bn grand
Наргиз Имомова
Ушанга ушалардан хозир йук деб уйлайсизми ?
Qanday eslab bo‘lmaydi u ballni, 133,4 ball 2016-yil 1 avgust.Andijon davlat universiteti Geografiya yo‘nalishiga. Geografiya 32 ta, matematika 10 ta, ona tili va adabiyot 12 ta to‘lov kontrakt asosida. Eehhheee buni yarim kechasi o‘rnimdan uyg‘otib turgazib so‘rashsa ham aytib beramanku?😉😊🙂
Otabek Anorboyev
152.9 грант 2018-й
Assalom alikum.Men hozirda talabaman😊2020 yil 158 ball bilan Grandga kirdim.Xushnut aka sizga biz yoshlar havas qilamiz bundanda koproq yutuqlarga erishing.InshaAllah biz ham sizdek yutuqlarga erishaylik.
Sulaymanova Zuhra
170.3 bilan kontrakt Sampiga😇2020
Балларингизни куриб ёзсамми ёзмасамми деб уйлаб колдим.87.9 билан грантга укиганман.1997 йил..грантнинг охиридан 3 -уринда😉😂
Birinchi yili 158 bn yiqilganman. Ikkinchi yili 118.1 bn kantrak kirganman grand 121.1 bulgandi. Lekin wukur deyman eson omon qizil diplom bn bitirdim. Fakultet buyicha 1 ta uzim. Agar 1 chi yil kirganimda qizil bulmasmidi 😁
2020-yilda | 176,5 ball
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
Men bu men
Xar yili topshiriman imtixon men uchun bayram🙂
187 bn budjetga
Husniya Aralova
127.4 bn 2017 yil ÒZMU MATfakka kirganman 😏qizil chiziqdan pastda 2-òrinda super kontrak. Alloxga shukur meni dp kontrak qilishdi. bira tòla 2 yillik kontragim tolandi😁
Men 159.6 olgandim 34 matematika 19 fizika 13 ta ona tili va adabiyotidan grand oʻqiganman 13 oʻrinda kirgandim 25 grand oʻrin berilgandi matematika oʻqituvchisiman
Sevara Anvarova
182.7 ball bn 2017 yil Namangan davlat universiteti ingliz filologiyasiga davlat granti asosida 19 chi orinda talaba bolganman Allohga shukr bu yil bitirdim
Show next 100 comments