Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
146.9 ball bilan Avtomobil va yo’llar institutiga bidjet kirganman
Maftuna Hamidova
Men 2008 yil BUXDUdan yiqilganman alam bilan oʻqib 2009 yil Jahon Tillari Universiteti ga 209 ball bilan grantga kirganman, ingliz tili 31,ona tili 35,tarix 33 chiqqan edi adashmasam. Ballimni bir tanishimiz koʻrib bergandilar, birinchi kun dadam universitetga olib kelganlarida 1- ingliz ,2- ingliz degan boʻlimlar bor edi dugonalarim hammasi 2 - inglizga tushib qolishgan mani familiyam yoʻq edi u yerda oʻsha yerda oʻtirvolib rosa yig'laganman man oʻqishga kirmagan ekanman deb, keyin bir qiz aytgandi binoni narigi tomonida 1- ingliz bor deb balki oʻwa joydadirsiz deb, borib qarasam 104Aguruhda roʻyxatda birinchida turgan ekanman dadam xursandliklaridan yig'lab yuborgan dilar. Shunaqa shirin xotiralar hammaga nasib qilsin
Ёджуга фак,ат сухбатдан утдим холос. Пандемияга рахмат. Топик 3 даражам бор эди
Man eslolmeyman nechi bal olganimni. Xursandchiligimdan balimga e'tibor bermagan ekanman.😅😂
𖣘༆❀ ❀༆𖣘
Yomon alam qigandraaa
Nima ham deymiz nasib qilgani shu ekan😁 Afsuslanmiman. Yetkazganiga shukir!
1998йил юридик институт сиртки булимга 2 урин
Azizbek
180.6 ball bn grant Andijon iqtisod instituti
_____S.A.R.D.O.R_____
2019chi yil birinchi yo'nalishim 5chi o'rin kontrak bo'lgan, ikkinchi yo'nalishimga 5chi o'rin grant bo'lgan, lekin birinchisida o'qish kerak edi
2020 yil JIDU ga kirdim. 185.8 ball
30 ingliz 29 matem kantrakt
2019-yil. 150.6 ball Narxoz
Qalbaev
142.1 ball kontrakt
2010 yil TDPU ni tarix fakulteti167.2 ball bn kirganman kantraktga .
Men oʻtgan yili Navoiy davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti xotin qizlar yoʻnalishi ha 108.4 ball bilan kantrakka oʻqishga kirganman💪💃💃💃🥰
2020 yil 189 bilan kirganman
2016-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 180,7 bal bilan kirolmaganman. O'shanda qo'shnimiz umuman o'qimay turib kobalt rusumli avtomashinasini sotib talaba bo'lgan. O'qimay turib talaba bo'lish mumkinligini ularning amaliyotida ko'rganman. U amaliyotni o'tashim uchun menga ko'p moddiyat kerak edi. Lekin men u amaliyotdan ko'ra halol bilimni afzal ko'rib o'qishda davom etdim. Va shunday adolatsizliklarga qarshi kurashaman deb 2017- yil Toshkent davlat yuridik universitetiga 208 bal bilan qabul qilindim.
Гулноза Набижоновна
1996йил 211,5 балл бн Бухоро мед инс.нинг стоматология факультетига кирганман
Show next 100 comments