Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Мен 2019 йилда 145.5 бал билан ТТАУФ га контракка кирганман. Шунисига хам шукр
Qalbaev
Rostanmi😱
Ха матем 36, инглиз тили 34, она тилидан 32та ечганман
Мехрожбек
Utgan yili 110.1 ball bilan iqtisod zauchniga kirgandim xudoga shukur
2016-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga 197,3 ball bn tolov-kontrakt asosida òqishga qabul qilinganman. 36 ta biologiya 34 ta kimyo 13 ta ona tili. Grant uchun òtish bali 198,9 ball bolgan edi. Afsus 1,6 balla yetmagan. Mana bu yil Xudo xoxlasa oxirgi kursman.
Assalamu aleykum barchaga. Man 2016- yilda 147 ball bilan BuxDU biologiya yonalishiga kontraktga kirganman. Man ôsha 1- avgustni vahimasi bilan 1- avgustni kutgan abitutiyentladan biri edi. Hech ôylab xayolimga kelmaganki bir necha yillardan keyin birinchi avgust imtihonsiz ôtishi...
Ingliz tili 36
Ona tili va adabiyot 28
Tarix 16
2020-yil Toshkent davlat yuridik universitetiga 189 ball bilan 100 foiz natija bilan bujed kirganman
Men Toshkentka topshirishni orzu qilardim. Lekin u yerdagi ballar huuuuuu yuqorida bo'lishi, odamlar o'qishga kirish uchun qo'lidan kelgan barcha "harakatlarni" qilishini eshitganimdan so'ng ota-onam meni o'z yerimdagi universitetka topshirttilar. Hudoga shukirki biz ya'ni 1999-yil tug'ilganlar o'qishga topshiradigan yili ya'ni 2018- yili test tizimi YAXSHILANDI. Test 15 kun davom etadigan, javobi ertasi kuni chiqadigan bo'ldi. Iloji boricha hamma narsa adolatli bo'lishi uchun harakatlar qilindi. Faqat o'qiganlar, bilganlar kirdi nufuzli oliygohlarga. Shu payt dokumentlarimni Nukusga topshirmoqchi bo'lganimda Otam yoki Toshkentka topshiramizmi dedi. Axir test tizimida o'zgarishlar yaxshi, biliming bilan kirasan deb. Men Nukusga topshiraberay dedim va o'qishga Grant bo'lib kirdim. O'sha kuni Hayotimdagi katta maqsadimning endi birinchi paģonasiga qadam qo'yayotganimni sezgandek bo'ldim. Endi bo'lsa Oliygohning bitiruvchi talabasiman. Endi maqsad Magistraturaga😎
Saidova O'g'iloy
194.6 Moliya
Хушнудбек, ижозатингиз билан давом эттирсам.
P.S: Ҳақиқий билим эгаларини хўрлаб, ўша ҳаромхўрларни томоғини мойлаганларга ҳам минг лаънатлар бўлсин!!!
2018 yil UZMU GA 60.9 ball kontrakt Asosida talaba bõlganman
2000 й. Наманган муҳандислик-иқтисодиёт институти, ТМЖ - 159.9 балл.
2017-yil 168.9 ball bilan NDPIga to'lov shartnoma asosida talaba bo'lganman 1-fan 31ta, 2-fan 31ta, 3-fan 7ta chiqqan 3-fan tayyorlanmaganim pand bergan Allohga shukr bitirib oldim
U ballni unutib bo'ladimi? 171,4 to'plaganman: u paytlar testlar 36 tadan bo'lardi. Fransuz tilidan 33 ta, ona tili va adabiyotidan 22 ta va tarixdan 17 ta ishlab, davlat grantiga kirganman.
2019 matematika 26 ta fizika 20 ta ingliz tili 7 ta bilan TATU SF ga 7-grant bo‘lib o‘qishga kirganman
🇺🇿🇺🇿 🇺🇸🇺🇸
199,6 bilan Grantga kirganman.
Show next 100 comments