Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Urganch davlat universitetida inyazga kirganman 185,9 ball bilan grantga 2020-yil
2018, 61.1 kontrakt. TkTI
Anvarjonov Xurshidbek
140 ball bn 2019 yili TATU ga kirganman kontakt asosida
4-yili TashMIga Davolash fakultetiga kirganman. 1-yili 2010 148,6 ball Biologiya 28, Kimyo 20 Ona tili 28. Kirish balli 184,4 edi.
2 yili 2011 184,3 ball Biologiya 33ta Kimyo 27ta Ona tili 23ta kirish balli 189,1 edi.
3 yili 2012 162,3 Biologiya 30ta Kimyo 24ta Ona tili 17ta kirish balli 169,3
4-yili 2013 167,7 ball Biologiya 31 Kimyo 21 Ona tili 25ta kirish balli 162,4 ball edi. 4 yil ham TashMIga Davolash fakultetiga topshirganman.
HASAN YALLAYEV
2004 yilda Jahon tillariga .
190.4 ball bilan grandga
Умрбек
135.5 балл билан 1-контрактга кирганман 2004 йил
Iroda Tohirova
2015 yil. ADUni "Xorijiy til va adabiyoti" yo'nalishiga 165.0 ball bn to'lov-kontrakt asosida kirganman.
Буриев Шароф
170 ball Toshkent Farmatsevtika instituti ga talaba boʻlgan edim 2018- yil
Ирода Сатторова
Mahfuza Hasanova
Nechi deb oyliysz
160 dan yuqori olishiz kk
Men JDPI ga 154.6 ball bilan kontrakt asosida 2020 yil qabul qilinganman
Uzlit va jurnalistika kirish bali nechi bal boladi shu yil deb oyliysila
2014-yil Jizzax davlat pedagogika instituti. 151,8 ball
1. Biologiya 29 ta
2. Kimyo 19 ta
3. Ona tili 20 ta
Eng esimda qolgani, shu ball bilan 1-kontrakt bo'lganman. 1-budjet bali 152,4 ball bo'lgan edi. Menga 0,6 ball yetmagan grant uchun. Hech qachon unutmasam kerak. DTM raqamin 3661728 edi.
Ирода Бахтияровна
163,5 балл билан НавДПИ га бюджет 2уринга кирганман😊😊
Рустам Эшпулатов
Men abituriyentman Jiduga topwirganman nma deb oylisz bu yil bal qanday boladi
Bilmadim aniq bir nima deyish qiyin. Bu yildan tartib o'zgargan. Shunga ball boshqacha bo'lishi mumkin
163.7 bal budjet
Toshkent farmasevtika instituti
2014-yil, 147,1 ball bilan yiqilgandim O'zMU fiz fak dan. Kirish balli 147,3 bo'lgan edi. 0,2 ball. Alam qilgan... Keyin, to'lmay qolgan o'ringa kontrakt asosda o'qishga chaqirishgan. Hayolimda ham yo'q edi shu yil o'qishim. Hozir shu fakultetni bitirib, izidan magistraturani ham grant asosida tamomlab, ilmiy tekshirish institutida ishlayaman, Xudoga shukr. Nasib qilsa bu yil PhD ga imtihon topshirib ko'rish niyatim bor.
Lekin, o'sha yetti yil avvalgi imtihonni eslasam... Yuragim bezillab, tepa sochim tikka bo'lib ketadi. Imtihonni bitta gap bilan tushuntirishga harakat qilamna. Shu imtihonga kirgunimcha MXX degan tashkilotga juda ishonardim, davlat manfaatlariga ishlaydi deb, imtihondan keyin esa, mutlaqo teskarisiga o'zgargan!!!
У́ткан йили 28 биология 26 химия ишлаб тошкент фармацевтика институтига контракт болдим Оллохга шукр 🏢
Мен 1993 йил 167,2 балл бн 3 чи уринда укишга кирганман.ушанда коррупция булмаган деб уйлайман
Stoma
154 bilan😎
Show next 100 comments