Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
𝓶𝓪𝓯𝓽𝓾𝓷𝓪
173.2 ball Davlat Granti 2020-yil
2011 yil 130.1 ball bilan TTYeSIga davlat budejti asosida oqishga kirganman eng hayojonlisini grant kirganlar chizig'ining eng ohirida edim bitta kam yechganimda kontrakt bolardim. Uydagilarim ishonishmagan shu ball bn grantga kirganimga. Hozir tayanch doktoranturani 3 bosqichidaman.
177,1ball Aviatsiya
𖣘༆❀ ❀༆𖣘
Lkn barbr iczda attang diganszzz
Ha albatta boshida bolgan. Apelatsiya ham berib korganman lekin oddi xato😅 "ex qaniydi shuni to'g'ri ishlasam" degan gaplar bolgan
2006 yilda ÒzDJTU ga 166.3 ball bilan grantga òqishga kirganman. 33ta ingliz tili 20tadan ona tili va tarix. Rostan undan keyingi yillarda ballar rosa patalok bup ketgandi
Мен НДПИ га 2009 йил 186 балл билан 4 ўринда бюджетга киргандим. 2019 йил Банк-молия академиясига магистратурага 117 бал билан кантрактга кирдим. Барчаси учун Оллохга шукур қиламан.
1997 yil TDTU 174.7 bal Davlat granti.
195 ball olganman
Matemitika 34
Ingliz tili 28
ONA tili 28
Jami 195 bal bilan Grant ga Toshkent Temir Yollar institutiga kitganman
Javohir
men 2020 yil FarPiga matematika 17 , fizika 15 ta 100,9 bilan oʻqishga kirdim
2017 yil Urganch Davlat Universiteti, Turizm(rus) yo'nalishiga 160,9 bilan davlat granti asosida o'qishga kirganman
1. Matematika 27
2. Ingliz tili 31
3. Ona(Rus) tili 11
5ta grantdan 5-grant😁😁😁
Lekin man ham 2007 yil UDK ga uz bilimim bilan uqishga kirgandim karupsiya degan narsa bulmagandi usha vaqtlar
2018-yil 2-avgust soat 22:00.
Tabriklaymiz siz 179.6 ball(29 ta biologa, 27 ta kimyo , 30 ona tili) bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga grant asosida talabalikka tavsiya etildingiz.Menimcha hayotimda ròy beradigan 3 ta natijadan quvonishning birinchisini o'tkazgandim o'shanda.Allohga shukur.
Ha eslay olaman.2020-yil 189 bal bilan davlat granti asosidaToshkent moliya instituti "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" yo'nalishiga kirganman.
Hasanboy Ergashev
Assalomu alaykum
HuRiNiSo
Man ham 2006-yil O'zDJTU ga 179ball bilan Grant asosida o'qishga kirgandim,o'sha yili Toshkentga viloyatlardan 1kun avval 16-avgustda natijalar chiqqandi,lekin 1-marta juda kech chiqishi edi,rosti juda qo'rqqandim,DTMda nimalar bo'lyaptikan deb
2017 yil 111.8ball kantrakt eng oxirgi 1 avgustli imtixon yili
182..8 ball bilan Samarkand state of foreign language institute ga o'qishga kirganman grant asosida
2017- yil 104.2 ball bn óqiwga kirolmagandim, 2019- yili 111.6 ball bn Andijon davlat universiteti talabasi bóldim, 23- órinda kontrak.
Show next 100 comments