Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2T Zilola Ibodullayeva
Kechagidek esimda 4 yil avval,167,3 ball bilan O'zDJTU ga kantrakt asosida qabul qilingan edim.Ingliz tilidan 29 ta,ona tili 31 ta ,tarix 14 ta ishlagandim.
𝓠𝓸𝓫𝓲𝓵𝓸𝓿𝓪🦋 𝓜𝓪𝓯𝓽𝓾𝓷𝓪🦋 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓻𝓪𝓼𝓾𝓵𝓸𝓿𝓷𝓪🦋
Men 2017 yil TerDu maktabgacha ta'lim yonalishiga 116,0 ball bn kirganman biologiya 22 ta ona tili 18 ta tarix 12 ta. 55 ta kontraktdan 34 chi bop kirganman
2020 yil 200.5 DBQ BI ga va 177.33 Moliya Instituti
Қани энди бизни давримизда ҳам шундай бўлса ҳам шаффофлик бўлса эди.
2018 yili 140ball Andijon davlat Universiteti talabasi bo'lganman. Davlat granti asosida. 2017 yil esa xuddi shu ball bilan kira olmagan edim.
3marta imtixondan yiqilib 4-yilim 174.8 ball bilan 4-Grant bo'lib ingliz tilini yo'nalishiga kirganman.Shu yili testlar 36 tadan 30 taga tushurilgan edi.
Мен 2020 ийл ташми (стом)185.8 балл билан 6 оринда грант га кирганман худога шукур
2012 TATU 126
Sadoqat
Man 2018 yili Toshkent tibbiyot akademiyasiga 176,3 ball bn grantga kirgandim, 30 talik savollardan 29, 27, 27 ta chiqqan.
الفرح Quvonchbek
173.4 bilan o'tgan yili Yuridik universitetiga kirgandim, undan oldingi yili ya'ni, 2019-yilda Yuridikka 4.4 yetmag qolgandi, juda alam qilgan. 0.4 bulganida suler qilardim derdim, shundan keyin o'qishga topshirmayman degan hayollar bilan yurardim, ammo maqsadga erishishi uchun harakat qildim va Allohga shukrlar bo'lsinkim, maqsadimizga yetishdik. Yuridikdayam Chiroqchilik zemlyaklaringiz ko'p aka va ularning hammasi sizga o'xshashni xoxlaydi deb uylayman.
ℳ𝒶𝓈𝒽𝒽𝓊𝓇𝒶
Men esa 18 yoshimda talaba bo‘ldim, Alhamdulillah. NavDPI ga 166.2 ball bilan grandga kirgan edim 2019-yil
😁😁karrupsiya demang 1 chi avgust degan videofilimni korilar bilasilar karrupsiyani tushunasizlar
2020 yil 125.6 Namdu iqtisodiyot sirtqisiga kirdim
185.9 O‘zDJTU 😁
Eh Xushnudbek aka yurakdagi dardni ko'tardingiz bu 1-avgust balosi bilan qancha qancha korupsiyalar bo'lgan qancha o'qimagan ismni yozishni bilmaganlar pul bilan o'qishga kirgan man 1-yili 2016-yil topshirganimda 125,4 bilan yiqilganman o'tish bali 129,4 bo'lgan o'sha paytlar super kontrakt qayerda testga kirganimda hammada telfon shpargalka foydalanib yotgan hech kimni ishi yo'q hamma xoxlagan ishini qilib yotibti nazoratchilar leva qilish bilan ovvora keyinchalik yiqilish tamini ham totin ko'rdik 2;3 lab mana ALLOHIM ga shukr o'qishgayam kirdim o'qiyapmanam endi yaxshi sharoitlar zo'r 1-avgust balosi yo'q yo'llar yopilgani yo'q korrupsiyam ancha kamaygan
𝘔𝘰𝘰𝘯𝘭𝘪𝘨𝘩𝘵
Bobur M.R🖤
Adashmadm eslang
🤷‍♀️🤷‍♀️🤷‍♀️
2011 yil x variant chiqmagan yili edi 150.6 toʻplab kontrakni 7 oʻrinda kirgandim Fizikadan 22 ta onatilidan 15ta matematikadan 28ta topgandim adawmasam matematika kirgandim jdpiga
2020-yil 108 ball bilan OzMu ga axborot texnologiyalari yonalishiga kirgaman Alhamdullilah.
Mutalibjonov Asadillo
Men 2020- yili 176,4 balla bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat õzbek tili va adabiyoti universitetiga kontrakt kirganman ona tili 28 ta tarix 28 ta chiqqan
Show next 100 comments