Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Сохиба Махматкулова
Ассалому алайкум Хушнудбек.Рости шу кунларга етказганига Оллохимга шукур.Нихоят билимлиларнинг замони келди.Шу пайтгача халк узини-узи алдаб келди.Энг куркинчлиси шундаки 2017йил кизимни Санъат ва маданият институтига олиб борганимда тайёргарлик жараёнида куп гапларнинг очикчасига гувохи булганман.Иложи йуклигидан бали етмай талабалик насиб килмай кайтиб келганмиз🤔
Axmatov
СамДАКИ
2016 йил
122,2 балл Билан 22 уринда грантга киргансан.
2020 yil. 185,8 ball bn Fargʻona Davlat Universiteti Amaliy matematikaga, byudjetga qabul qilinganman
166.1 Uzdsmi Byudjet
@davronoff .........
206.1 BALL TDYU TO'LOV KONTRAKTI ASOSIDA 2014 YIL
2004-yil Diplomatiyaga topshirdim, kira olmadim. 2005-yil esa Jahon Tillari Universitetiga 156 ball bilan 128- o‘rinda grant asosida kirganman, Allohga shukur. Gruppadoshlarim(14 kishi) ham deyarli hammasi o‘z bilimlari bn kirishgandi.
Super kontrakt bir necha yil avvalgi pora berib o'qishga kirishning qonuniy yo'li xalos.Kelajakda bu kabi yo'l bn o'qishga kirganlar O'zbekiston kelajagi buyuk boladimi. Iltimos shu super kontrakt masalasiniyam bir kotarish kere.Rahmat
SHOHRUH Ochilov
2008-2012 yil to'lov kontrak asosida o'qiganman .To'lov juda qimmat Otam maktabda 8oylab ish xaqqi olmaganlar bir yil uchun.Hozir kontrak past ish xaqi baland .Xozirli talabalarga havas qilaman.Moliyaviy jihatdan xozir ularga oson.Bizning davrda karrubsiya avjiga chiqqan yoki oddiy xol edi.
Alpomish Xaqberdiyev
Man 151,2ball bilan kirganman 2015yil lekin 6wa paytiyam k6pcili telefondan foydalangandi
2017 yil 120 ball bilan BuxDu Iqtisodga yo'nalishiga shartnoma asosida kirganman va mana shu yil bitirib magistrga ham topshirib oldim.Nasib bo'lsa xudo xoxlasa magistrda ham yaxshi natijalar ko'rsataman.Hujjat topshirganlarga hamma hammalariga omad!!!
*Gulshoda Komiljonovna*
NamDU
2019-YIL
181,4 BALL BILAN GRANT
2006 йилда Бухоро давлат университетига иккинчи мутахасисликка тўлов контракт асосида ўқиганман. Лекин у диплом ишлатимлмий турипти сейфда😃🙈
2017 yil 138 ball bn kontrakt tatuga
Assalomu alaykum. Men 2013-yili 177.8 ball bilan Temir Yo'l institutiga grantga kirgan edim Allohga shukr o'z kuchim bilan. 33 ta matematika 30 ta fizika va 11 ta ona tili adabiyot.🙂.
Shundaylarga la'natlar bo'lsin, Amin🤲
2017- yil 146,5 ball bilan TDPU ga Davlat Granti asosida o'qishga kirgandim.
Men 2015-yilda UrDU ning Tarix fakulteti tarix yo'nalishiga 170.1 ball bilan ko'lov kontrakt asosida talaba bo'lganman. O'shanda grantga 5.4 ball yetmagan menga. Kontrakt o'tish balli 151.7 ball bo'lgan
Men 2018-yili BuxDu filologiya va tillarni óqitish: ózbek tili ta'lim yónalishiga 159,6 ball bn kontraktka kirgandim. Savollar soni birinchi yili 30 tadan edi ósha yili.
Ramazon Nomozov
2016 yil, 159, 5 ball bilan, TerDuga grant asosida kirganman. 2020 yil bitirib, shu yilni o'zida magistraturaga birinchi grant bo'lib kirdim, Allohga shukur!
Xushnud aka, la'natlaganlar xalqni boshiga kulfat bo'lib kelganlar. Hozir ham bor.
Shunday odamlarga doim bir gapni aytgim keladi-ki, Alloh jazoingizni ikki barobar qilib bersin. Kimnidir ko'z yoshiga, kimnidir hayotini barbod qilgan ular, qancha qancha millatni bo'lajak olimlar, soyosatchilar, kerak bo'lsa daholarini sindirib qo'ygan. Alloh jazoingizni bersin!
RAHMONOVA_SEVINCH
#Bu yil 189ball bn talaba bôlish nasib qilsin🤲🤲🤲
Show next 100 comments