Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2020-yil Namangan davlat universitetiga 179.7 ball bilan grant asosida o'qishga kirganman. Ona tili 30ta, matematika 27ta. 25-sentabrda mandat e'lon qilingan kungi hayojon, baxtni eslasam yana xursand bo'lib ketaman😊😊. Karantin sababli ko'pchilik 2020-yilni yomon yil bo'ldi degan bo'lsada, man uchun va boshqa talabalikka qabul qilinganlar uchun eng yaxshi yillardan biri bo'ldi deb hisoblayman.
Men 2019 yilda O'zbekiston Milliy universitetiga 143,1 ball bilan o'qishga kirganman. 9 -o'rin. Kirish ballari 120 edi. Ona tili va adabiyoti 27 Tarix 22 Ingliz tili 12
2020 160.7 ball bilan NamDU biologiyaga kirganman.Kechalari 3 soatlab uxlagan vaqtlarim.Shirin uyqularimdan kechgan vaqtlarimni alloh o'zi mukofotini berdi.

Abituriyentlarga aytardimki , o'qigan yo'lda qolib ketmaydi.Albatta zo'r o'qiganni hech bir korrupsioner ballini tushurib qo'yishga qodir emas.Shuning uchun o'zingizni kuchaytiring, ustingizda tinmay ishlang, buning rohatini alloh albatta beradi, inshoolloh.
Саидахмедова Мавлюда
2017- yil TerDU ga 112.1 ball bilan 47- kantraktga kirganman. Mana Ollohga shukur tamomladik a'lo baholarga.
Lanat olsun lanat lanat lanat
Shavkat
2019 Yil Samvmiga 125 bal bilan kontrakka kirganman🙂
2015-yil Andijon davlat universiteti, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishiga 188.6 ball Tarix 32/36, Ona tili Va adabiyoti 30/36, Ingliz tili 28/36 to'lov shartnoma asosida talabalikka qabul qilinganman. O'tish bali 183.1 ball bo'lgan. Bu yil Magistraturani tamomladim. Bizni paytda ham "O'yin bo'lardi". Alloh risqimni qo'shgan ekan.
Tolibjon Karimbayevich
Assalom alaykum. NUKUS DPI 2018-YIL 148.1 ball 10- grant Õzbek tili va adabiyoti yõnalishiga
Manzura Xudoyberdiyevna
Endi boshlandiku rasvogarchilik ikkichilar xam pul tolab universitetlarda o'qiyapti pulini to'la talabasan
Lekin hozir ular bilimlilarni 10yil oldingidek yiqitayotgani yo‘q bilim rol o‘ynayapti men o‘tgan yil 172.6 ball bilan o‘qishga kirganman
Olmos Nuriddinovich
Ammo tan olish kerak, xujjat topshirish aaancha osonlashdi. O‘g‘il bolalar voenkomat degan tashkilotdan , poliklinikada navbat turishdan, mahallaga qatnashgan, viloyatdan poytaxtga yo‘lkira va vaqt yo‘qotib ovora bo‘lishdan qutuldi. Taksi haydovchilar narxni xohlaganini qo‘yvolishardi. Hamma tashkilotda pul berish majburiyati bor edi, yozilmagan qoida. OTMlarda navbatda tutmaslik uchun ham pul berishga to‘g‘ri kelgan vaqtlar bo‘lgan. Eng yomoni 3 yil abituriyent bo‘lganman. Yana kirolmadingmi? Biliming yaxshi ediku? degan savollardan charchagandim
2017-yil TDTU 97.7 ball bilan kirolmagandim. Allohga shukurki õqishni xoxlamagan talaba õrniga õqishga taklif qilishdi hozir bitirdim. Ishlab chiqarishga hujjatlarimni topshirdim. Duo qilib tursanglar ish faoliyatimni ham boshlayman Inshaalloh
Dustkabilov Q. M.
188,7 bal bilan TDPU ga kantraktga kirganman 2015 yili 2,6 balmikan yo 1,6 balmidi meni grantdan maxrum qilgan grantga kirganlarni ichida 2-urinda edim
2018 yili 96 bal bn davlat grantiga
Xushnudbek haliyam bor koʻpchilkni tashkil qiladi unaqalar
🎓⏳
Man 148,6 bal bilan zo’rg’a kirganman 2015yil
Sohib Umirkulov
2006 yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga grandga kirganman
Bio31
Kim29
Ona20
Show next 100 comments