Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
M.Ra'no.S
Уша вактдаги хаяжонли дамлар хеч качон эсимдан чикмаса керак
2015 yil TTYMI ga 185.3 ball bilan grantga kirganman. Òsha yillari ham òyinlar bòlardi. Grantni oxiri 180.8 ball edi
Oxirgi gappinggizga qoshilaman.10 yillar davomida qorrupsiya ga qol urib yena qorrupsiyaga qarshimiz deganlarga lanatlar bo'lsin
2020 yil biologiya 28 ta kimyo 15 ta bn
Dilshod Abdullayev
2017 yil Nizomiy Milliy ģoya ma'naviyat asoslari va huquq ta'limiga topshirganman harbiy tavsiyanoma bilan 113.4 olganman yiqilganman ammo omad kulib boqib prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ChDPI ga oqishga chaqirilganman ona tili adabiyot 12ta tarix 12 ingliz tili 12ta Allohga shukur hozir CHDPI ning birinchi qaldirg'ochiman
2010-yilda SamDU ga 181.7 ball bilan mexanika,matematikaga kirganman. matematika 33 fizika 30 va ona tili adabiyodan 13 ta to'g'ri chiqqan. 2009 da lekin kirolmaganman, u yili hamma o'z bilimiga ishonganlar kirolmagan.
1998 йил Баллар кечагидек ёдимда 166.1 балл
НамМПИ

Математика 36 дан 36
Физика 16
Она тили 19
Assalomu aleykum! 2010-yil Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetiga 174,6 ball bilan kontraktga o'qishga kirganman. 2ta fandan tayyorlanganim uchun ko'pchilik meni inyazga kira olmaydi,rosa baland dor deyishgan. Hattoki ingliz tili fanidan tayyorlagan o'qituvchim,X variant olmasang,umuman kirolmaysan deb, rosa urishganla,lekin dadam o'z kuching bilan kirasan deganlar. Allohga shukr, o'z kuchim bilan kirganman. 2018-yil o'z kuchim bilan O'zbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakultetiga magistraturaga kirganman.
2008 -yili x variant chiqib ketib ,imtixon savollari shundoq x variantdan chiqib bergan,ball ko"tarilib ketgan, srazu, 1 blokim ingliz tilidan 28 ta testni javoblar varaqasiga kochirishga ulgurganman, 8 tasi bo"sh qolgan, 24 ta to"g"ri chiqqan, ona tilim 36 tadan 35 ta to"g"ri, tarix 17 ta to"g'ri chiqqan, ona tili ikkinchi blokim edi , ballimni shu ko"tarib bergan, bizni shu darajada zo"r o"qitgan sinf rahbarim, ona tili o"qituvchimga umrimni oxirigacha boshim yerga tekkuncha ta"zim qilaman, fidoiylarcha bizga bilim berganlari uchun, imtixon savollari hali hanuz ko"z o"ngimda, ingliz tili o"qituvchisi bo"lsamda, ona tilidan testlarni ishlashga tishim o"tadi, o"z ona tilim qonun qoidalarini bilaman eng muhimi
111,7 ball 10-GRANT UrDU, Texnika fakultet, ShQX yonaliwi
Shodmonova Aziza Ulug'bekovna
Х.Мелиев
Meni duo qilib yuboringlar shu yilda talaba bo'lish nasib qilsin
Duodaman barcha sizdek o'qiyman kelajakda elga yirtga foydam tegsin deb hayajonda turganlarga .omad tilayman
2018 Toshkent Moliya instituti 160 ball bilan kontrak kirganman
Oygul Asqarova
U paytlarda o‘qishga kirishning mavqei hozirgidek emas edi. Grantga kirsak ham bayram qilmaganmiz. Hamma oddiy holdek qaragan. Ollohga shukur, ota-onamizga rahmat.
abdirimov
2020 yil 157.8 bn kirganman
Dilshoda
Ha o'sha kun kechagidek yodimda.
У.Н
2006-йил 154 бал билан ТДТУ гранд асосида ўқишга кирганман.
2013 yil. 203.6 bal ToShMI stom grant
Hushnudbek aka maktabga 1 yil oldin borganmisiz
Show next 100 comments