Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Oygul Asqarova
U paytlarda o‘qishga kirishning mavqei hozirgidek emas edi. Grantga kirsak ham bayram qilmaganmiz. Hamma oddiy holdek qaragan. Ollohga shukur, ota-onamizga rahmat.
abdirimov
2020 yil 157.8 bn kirganman
Dilshoda
Ha o'sha kun kechagidek yodimda.
У.Н
2006-йил 154 бал билан ТДТУ гранд асосида ўқишга кирганман.
2013 yil. 203.6 bal ToShMI stom grant
Hushnudbek aka maktabga 1 yil oldin borganmisiz
2004 йил аграр университет 186 грант хакикатда хаяжонли кун эди 1 август эххее
Ассалому алейкум хаммага 2009 йил 209.8 балл олгандим Навоий Давлат Кончилик институтига киргандим эх ўшал дамлар
🦅🦅🦅🦅🦅
Мен 2016 йили 192.8 балл билан Тошкент давлат юридик университетига тулов контирак асосида кирганман.
2018-yil Toshkent davlat yuridik universitetiga 142.8 ball bilan kontrakt asosida kirganman. Yevro guruxlarda osha payt otish bali 115 bolgan. 30 testdan tarix va ingliz tildan 24 tadan, rus tili va adabiyotdan 20 bolgan. Alhamdulillah
2020 yilda 163,7 bal bilan Toshkent Moliya institutiga kirganman. Men ham o'sha yil kirmasam shu bilan umuman kirolmasdim deb o'ylayman. Bu yilgi jon jahti bilan tayyorlangan abituryentlarga omad tilayman
2010 йил ТАШИИТ158.8 бал олгандим их уша дам бир умр исдан чикмаса керак
Akbar....
Utgan yili kirolmadizmi yaxshi bal toplagan ekansiz
Ha kirolmaganman. Ko'pchilik aytishdi yaxshi ball olgan ekansz deb. Lekin baribir past edida ballim 😶😶😶😶
Men o‘tgan yili 163.9 ball bilan Navoiy Davlat Konchilik Institutiga to‘lov kontrakt asosida qa‘bul qilinganman.Kvota bo‘yicha 8 ta grant edi ,men esa 9-o‘rinda kirdim.Hamma institutga kirsa xursand bo‘ladi,men esa o‘sha kun yig‘laganman.
Suyunov
Ana bo‘lmasa. Erinmasdan yuqoridagi shirin xotiralarning anchaginasini o‘qidim. Qoyil lekin o‘qishga kirish inson umridagi eng unutilmas kunlardan biri ekanligiga aniq guvoh bo‘ldim.
Eng e‘tiborlisi bu postni hozir USHA TANISH BILISH yoki OTASINING PULIGA kirganlar ham o‘qiyapti. Qanchadan-qancha insonlar uchun ayniqsa, qizlarimiz uchun otalari tomonidan o‘qishga topshirish uchun faqatgina bir marta imkon berilgan. Usha imkonyatdan esa ,, QO‘LLARI UZUNLAR'' tufayli mahrum bo‘lishgan. Kirolmaganlarning juda kam foizi keyingi yil topshirishga qaror qilardi, ko‘pchilik yigitlar taqdirga tan berib usha shimoliy o‘lkalar tomon yo‘l olishardi (qismatim shu ekan deb...)
Vijdonlari qiynalmasdan qanday qilib unverstitetda 4 yil o‘qishgan ekan. Uzur kechirasiz ularda unaqangi NARSA bo‘lamaganku.
Xullas nima bo‘lgan taqdirda ham bundan-buyog‘iga usha kunlar qaytmasa bo‘ldi.....
Medik_07_01
Men 2020 yil SamDTI 179.5 ball bn to'lov kontrakt asosida kirganman. 30talik savoldan Kimyo 29ta biologiya 28ta ishlaganman. Hatto apelatsiyaga ham borib keldim, ammo ayb uzimda ekan. Shu yil yana hujjat topshirdim. Nasib bulsa grand kiraman.
2018 yil 164.2 kontrakt ADMI
Show next 100 comments