Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2020 yil 185.8 ball bilan TDSI ga kirdim Ollohga shukur
Ha aytgancha, IELTS 6.0 DEGAN SERTIFIKATIM HAM ANCHA ISH BERGAN...
GulsHoda👩‍🎓
Men o'tgan yili. 135,5 olgandm. Jahon Tillariga topshirgandm lekin yiqilganman . 22-ingliz tili, 21-ona tili yechgandm testni. Hudo hohlasa 189 olaman bu yil. 😁😁😁
InShaaAllah, bu yil hamma-hamma testni to'g'ri ishlab grantga kiring. Man o'tgan yil 182.8 bilan kontraktga kirgamman Jahon tillariga 😂
Bekzod Gulg'uncha
2013- yil 166.1 ball bilan O'zMUdan yiqildim. 2014- yil Ollohga shukr 153 bilan UrDUga kirdim. Filologiya o'zbek tiliga kantrakt bilan.
Ислом Тўлқинов
1997 йил 195 балл ТДЮИ бюджет
Men ham 1012-2015-yillar 4 Marta Moliyadan yiqilganman anashu yillar davomida talkashlik bilan shug'illanganlarga lanatlar bulsin
Man 2018. SamDTI ga kirganman 129
Nafaqat abituriyentlarga, balki oliy taʼlimda ishlaydigan yosh xodimlarga ham yaxshi boʻldi. Chunki, har yili yozda mehnat taʼtiliga chiqib, aslida chiqmasdan tekin mardikor boʻlib butun yoz ishlab berardik. Agar qabul komissiyasida ishlashni hohlamasang, oldinga oq qogʻoz tashlab arizangni yoz ishdan boʻshashga deb majburlashardi. Muttahamlarning oʻzlari esa, soya salqinda dam olib 1-avgust rejasini tuzishardi. Hamma qora mehnatni qilib boʻlganingizdan soʻng, sizga ularga halaqit bermasligingiz uchun, oliygohga kelishingizni taʼqiqlashardi va oʻzlari bilgancha butun xalqning ustidan, uning kelajagi ustidan hukm chiqarishardi. Barchasi uchun ular albatta javob beradi.
2015 yil 154.4 bilan kontrakka kirganman JDPI
Eng birinchi ôrinda kirgan grand talabamiz ismini bazur yozardi.
Улуғбек Мирзаназаров
Balandroq dorga osilgan ekansizda🙂
Hamma shundey deyishgan. Qishloq joy gap so'zlarga e'tibor berishni keragi yoqda 😁😁. Erga beramiz deyishdi. Kondirolishmadi 🤣🤣🤣🤣
Zafar Pirimqulovich
2006-yil 126,5 ball bilan TDTUga kirolmaganman. 2007-yil 135,6 ball bilan kirganman TDTUga.
160.9 grant 2004 yil ToshTYMI ga
Maqsud Temirov
2012-yil 163.4
Egamberdiyeva Sayyora
2020 йил сампига 176.5 бал бн грандга кирганман 29 та биология ва 27 та кимё алхамдулиллах!!
Afsuz bunaqa imkonyat bizda bo'lmaga🙃
Maqsudbek Qalandarov
2007 -yil 145.4 ball kontrakt O'zMU Filologiya
2018-yil 7-avgust kuni imtihonim bo'lgan edi va ertasiga natijalar e'lon qilingandi (shu tizim zoʻr bo'lgan edi) va 151.5 ball bilan GulDUga kontrakt asosida oʻqish kirgandim
?????????????????????
Hudo hohlasa hammasi yaxshi boladi
2015 yil 160.5 bal birinci kontrakt
32 biologiya
25 kimyo
8 ona tili va adabiyot
Òwa yili oxirgi byudjet 161.5 bòlgandi bizda
Show next 100 comments