Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Osha damlarni eslash ham odamga zavq bagishlaydi😊
2017 Yil 103.4 bal bilan Urganch Davlat Universitetiga 5 kontarkt bob Kimyo Yonalishiga bir urinishda Krganman
Ominaxon Xoshimova
NamDuga 102 ball bn 2017yil kimyo kirganman. Bitta fandan tayyorlanganman.Mandad chiqan kungi hayajoni haliyam esimda.
Jasurbek Abduraximov
196 ball bilan kirganman Tarixga
Malika
Assalomu aleykum
Xa Manam Milliy tarix fakultetiga kiromaganman rossa tayyorlanib ko’z Oldimda varaqalarni almashirib yonimdegilani yechib berishgan rossa to’palon Qiganman va mani imtihondan chiqarvorishgan 😂😂😂😂 Alhamdulillah yahshiyam o’shanda kirmaman Allohim undan yahshisiga nasib qildi. Allohim zolim va ochko’zladan uzoq qisin hammamizani
2016 йил
Она тили 28
Француз тили 28
Тарих19
Умумий 165,4 балл билан 3-урин бюджет
Abdullayeva Xurshida
2019-yili 11-sinfni bitirgach Fardu Boshlangi’ch ta'limga 160,1 ball bilan so'nggi o'rinda byudjetga kirganman
Jasurbek Abduraximov
2013 yilda
Assalom aleykum. Ikkinchi urinishi Guliston Davlat Universiteti, 125,7 ball, kontrakt
Jabbarov Razzoq
Toshkent davlat yuridik universitetiga 2012 yilda 183,3 ball bilan kirganman. Tarix 32 ta, ona tili va adabiyoti 28 ta, ingliz tili 22 ta
Mr Yago sizga omad kulib boqqandir Xushnudbek to'g'ri aytti sabab o'qishga kirish uchun yo o'ta bilimli bolmasam puliz bo'lishi kerak bo'lib qolgandi 10 yillikni oladigan bo'lsak sabab o'sha yillari har qanday yo'l bilan o'qishga kirishga urinish bo'lgan yo'llarini topib.1 yili 2010 yil o'qishga topshirgan yilim 140 ball bilan kirolmaganman Boshlang'ich ta'limga 1 ball yetmagan super qilish degan narsalar yoq edi u payt.Tayyorgarlik ko'rmagan dugonam esa grantga kirgan o'sha yili.keyin bilsam boshqa yo'llari ham bo'lgan ekan.xudoga shukur kech bo'lsa ham o'qishga kirdim.
Assalom aleykum. Ikkinchi urinishi Guliston Davlat Universiteti, 125,7 ball, kontrakt. Geografiya
Nurtosh Murtazayev Navro'z MFY
2015 yil NavDPI pedagogika va psixologiya yo'nalishiga 124.1 ball bn kirganman KONTRAKT bn albatta...
م🍃
Alhamdulillah 2020 yil 101.1 ball bilan TTYeSI talabasi bòldm. Albatta kantrakt😁😁mayli boriga shukr. Birinci imkondayoq talaba bòlish baxt manimca.
2020yil 173.3ball bn Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga kontrakt asosida o'qiwga kirganman
Meyliyeva Gavhar
2014-yil QDU fizika-matematika fakultetiga 132,7 bal bn kontrakga kirgandim. Lekin imtihondan chiqib ichkaridagi òyinlarni kòrib man kira olmasam kk deb óylagandim, ichkarida hamma telfon kitobcha kankulyator xullas nima topsa ishlatgandi. Man topsa chiqarvoradi degan ertakka ishonib xech nimasiz kirganman. Eslasam juda kulgim keladi yosh bòlganmiz, juda sodda bòlganman. Keyin kursdoshlarimni kòrib bemalol bu kalla bn byudjetga kirarkanman agar ósha "ertaklar" rost bòlsa deb qòygandim🤦🏻‍♀️
Икромжон Солиев
2020-yil yaʼni oʻtgan yili 185,9 ball bilan toʻlov kantrakti asosida Toshkent davlat Yuridik universitetiga kirganman. Afsus juda qattiq tayyorlangandim. Lekin nailoj kantrakt boʻlgan. Allohga shukur. Bunga ham yetisholmayotganlar qancha
233,8 ЎзМУ Журналистика
Show next 100 comments