Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
◔͜͡◔ Amina ◔͜͡◔
Men 2020 yil 170.2 ball bilan QDPI Òzbek tili va adabiyoti yònalishiga kirganman.Alhamdulillah
2018-yil 184,3 ball bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga kontrakt asosida oʻqishga kirganman☺️
☆Shirin☆
2015-yil FarDU filologiya 160.9 grant asosida talaba bolganman alhamdulillah
xozirham pulku faqat davlatga tulanayapti🤣. Lekin bilimi borlar 1-o'ringa ciqti Ollohimga ming qatla shukur, lekin xaliyam o'yin bor soqa qilyatganlar qilayapti
KAKHRAMON KODIRJONOVICH
Men esa 2009 yili NamMPI ga 193,1 ball bilan 13 o'rinda grantga kirganman hamma fandan 31 tadan edi agar adashmayotgan bolsam. Hizmatga borib kelib 35 foizlikni olganlar ballni kotarib yuborgan edi osha yili ham
2018 - yil UrDU o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi bo‘lganman. 157,4 ball olganman. Allohga ming shukr.😊😊😊
🦅🦅 Farziddin🦅🦅
2021yil 189 ball bilan Jahon iqtisodiyot va diplomatiya ga grand bn insha'Allah 😊😊
184,7 ball 2019-yil Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.Alhamdulillah😊
Sanobar Sulaymonovna
Assalomu alaykum, menga 1998-yil talaba boʻlish baxti nasib etgan. 174 ball bilan 12-,oʻringa oʻqishga kirganman. Talabalik yillarim hech xotiramdan koʻtarilmaydi. Chunki, biz talaba boʻlgan yillarda BuxDUning zabardast, eng kuchli professor oʻqituvchilari dars berishgan. O. Roziqov, Gʻ. N. Zikrillayev, Sh.Rayhonov, F.M. Qosimov, Shu. Barotov, I. Toshev,S.Safarov, A.Hayitov.....
Ehe, sanab sanogʻiga yetib boʻlmaydi. Essiz, talabalik – oltin davrim..
SHAKHLO QOSIMOVA TNA 203
2020yil 173.3ball bn Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga kontrakt asosida o'qiwga kirganman
Voh men ham 2011-yil 173.3 ball bilan Adti dan yiqilgan man. 2- yil ADU ga 173.4 ball 0.1 ball bilimim o'sib qolibdi😆😆
Grandga 3-o'rinda kirib poraxo'rlar makonida mazza qilib o'qiganman.
Yashasin oliy ta'lim bu kunidan battar bo'lgani yaxshi boʻmba tushsin
2019-yil 146,6 bilan Qòqon universitetiga kantrakka kirdim. Ingliz tili 26 ona tili va adabiyot 26 tarix 16 ta.
Men 2020 yilda170.2 ball bn Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 1 - oʻrin grant sohibi boʻldim grantga oʻtganlarga xavas qilardim Olloh ortiq bilan yetkazdi ming shukr☺️☺️🥰
Наргиза Шарипова
Ped psixolgiya
Zo'rku omadizni bersin.Man kimyoda o'qiman TDPUda
X Shodiyarov
2010 yil TATU ga 214 ball bilan kirganman
2017-yil Andijon davlat tibbiyot instituti ga 200.8 ball bilan 15-oʻrin grand .
Xarbiy ligotaliklarni olib tashlasa 3-oʻrin
O‘qishga kirish tizimi o‘zgargani juda yaxshi bo‘ldi. Kambag‘almi boymi farqi yo‘q bilimi bor davlat oliygohlariga kiryapti. Talabalar juda bilimli. Qizim 2-o‘rinda grand asosida institutga kirdi. Xursand bo‘ldik. Lekin qizimning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ba‘zi bir domlalarning institutda bergan bilimidan qoniqmayapti. Hudo hohlasa 4-5 yildan keyin hammasi o‘z iziga tushadi deb umid qilya‘miz. Chunki bugun o‘z bilimi bn o‘qishga kirgan talabalar otasini puliga o‘qigan domlalarni o‘rnini egallaydi . Inshoolloh.
Ha toʻgʻri aytasiz
Men 2006 yili Andijon davlat Tibbiyot instituti ga 137.6 ball b-n kontrakt ga kirganman. Utish bali 137.6 edi
Karimova Ruxsora
2017-yil 174.6 bal bn kontrakt ingliz t tarjimonlik
Мираброр Абдурашидов
2006 йил Андижон Кишлок хужалиги институтига 101.8 бал билан тулов контракт асосида укишга кирганман.
Show next 100 comments