Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Наргиза Шарипова
Ped psixolgiya
Zo'rku omadizni bersin.Man kimyoda o'qiman TDPUda
X Shodiyarov
2010 yil TATU ga 214 ball bilan kirganman
2017-yil Andijon davlat tibbiyot instituti ga 200.8 ball bilan 15-oʻrin grand .
Xarbiy ligotaliklarni olib tashlasa 3-oʻrin
O‘qishga kirish tizimi o‘zgargani juda yaxshi bo‘ldi. Kambag‘almi boymi farqi yo‘q bilimi bor davlat oliygohlariga kiryapti. Talabalar juda bilimli. Qizim 2-o‘rinda grand asosida institutga kirdi. Xursand bo‘ldik. Lekin qizimning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ba‘zi bir domlalarning institutda bergan bilimidan qoniqmayapti. Hudo hohlasa 4-5 yildan keyin hammasi o‘z iziga tushadi deb umid qilya‘miz. Chunki bugun o‘z bilimi bn o‘qishga kirgan talabalar otasini puliga o‘qigan domlalarni o‘rnini egallaydi . Inshoolloh.
Ha toʻgʻri aytasiz
Men 2006 yili Andijon davlat Tibbiyot instituti ga 137.6 ball b-n kontrakt ga kirganman. Utish bali 137.6 edi
Karimova Ruxsora
2017-yil 174.6 bal bn kontrakt ingliz t tarjimonlik
Мираброр Абдурашидов
2006 йил Андижон Кишлок хужалиги институтига 101.8 бал билан тулов контракт асосида укишга кирганман.
124 ball NDPI Boshlangʻich taʼlim
Baxtiyor Fattayev
1996 yil 207 ball bilan SamDchtiga kirganman. Byudjet
2017-yili 180,0 ball bn ADTI ga kontraktga kirganman
2018-yil 147 ball bilan JDPI chet tillar fakultetiga kirganman adolatli o'tgan ilk imtihon edi o'shanda
&&&&&&&
Talabalar kupayaversin
2010 yil. Ilk marta xxxx variant chiqmagan va hamma joyda osmon ballar qulagan davr. 153,3 ball. Ehhhh, bu ball bilan Yuridik Institutga ham kirardim. Lekin ball bu darajada tushishini yetti uxlab tushimda ham ko'rolmasdim va MIG'MA va huquq yo'nalishiga topshirib qo'ya qoldim(har xolda huquq degan joyi bor-ku, deb.).
Abdullayev Umar
Assalomu alekum. Men 2007 yil 176 ball bilan byudjetga kirganman tatu ga. 31 matematika 27 fizika 21 ona tili edi adawmasam.
&&&&&&&
Olloh omadini bersin
2019-yil 142.7 bn SamDU ga kirganman
Show next 100 comments