Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
San'atjon Aminov
2012-yil 178,6 ball bilan TTA kontrakt asosida qabul qilinganman.
2010 yil Toshkent Jahon tillar universiteti universiteti 172 ball kontrakt. Xullas osha yillari nafaqat kirish balki sessiya yopish ham korrupsiya edi. Dekanni ko'z oldimda qilgan adolatsizligi, poraxorligi nafratimni qo'zigan. Hozir qanaqa bilmadim...
193 ball bn 7- o‘rin kontrakt bo‘lganman 2018-yilda
Mirjalol_Toshmamatov
Eng baland ballar meditsina shekilli
164,2 ball bn kirudim, 1,8ball byujetga kirishimga yetmagandi🤦‍♂️. Eng qizigi kirishimdan bir yil oldin 1.8 ball kontraktga yetmagandi va yeqilgandim😅. Hudoga shukur glavniysi uyimdigila galstuk taqanimi korishdi😅
Salimov Sayyodjon .....
2012 NavDPI Tarix fakulteti 133.8. O‘sha paytda eng yuqori bal 226 bo‘ladigan bo‘lsa o‘tish bali 128 edi. Sababi savollar murakkab nazorat yaxshi edi Navoiyda va bu normal holat sifatida qabul qilinar edi. A hozir kimga qarasang 189 deydi. Savollar kamayib juda ham soddalishib ketdi. Exx qani endi 36 talik murakkab savollar Lafasov Usmonov degan kitoblar.
Farrux
Мен россиядаман озимизда 4 йил киромадим хозр Минг Шукур талабаман
2008 yil O'zMU ga 175 ball bilan 5 o'rinda grand asosida o'qishga qabul qilinganman. Hatto imtihondan bir kun oldin agar grandga o'tolmasam ota-onam kontrakt pulini qanday qilib to'lab o'qitarkanlar deya hatto yig'laganman. Ollohga shukr bugungi kunda o'z soham bo'yicha ishlab kelmoqdaman.
Assalamu aleykum. Guruhga a'zo bo'linglar. Bu guruh Xushnudbek akaning guruhi. https://t.me/xushnudbek_group
Ular ham keyinchalik qo'shiladilar. 10K ta bo'lgach. https://t.me/xushnudbek_group
Eng karrupsiyaga boy yillar deb 2007-2017 gacha deb bilaman chunki bizni oilamizdakilar aynan shu yillar oraliģida abiturent bõlishgan
2019-yil 5-avgust. Samarqanda davlat universiteti Kimyo fakultetiga 65 ball bilan to‘lov kontrakti asosida o‘qishga kirganman. O‘tish bali 63.1 bo‘lgan.
2020 Yil TTA kantraktga zo'rg'a ilinib qolganman
Man SamDuga 157 bal bilan tarixga kiromagan man
2008-yili 140 ball bilan ADUga kira olmaganman. Ballar osmin edi. Shudan keyin 10 yil òqishga kira olmadim. Va bundan xozir afsuslanmayman. Allohim menga 3 ta farzand va yaxshi turmush òrtoq berdi, Alhamdulillah. Lekin, albatta oliy ta'limda òqish niyatim bor. Xozir 31 yoshdaman.)
2009 yil Jahon tillari universitetiga 209 ball bilan budjetga kirganman
Ingliz tili 36 tadan 33 ta
Ona tili 36 tadan 33 ta
Tarix 36 tadan 34 ta
Alhamdulillah ikkinchi yil urinishda budjetga kirganman
Assalamu aleykum. Guruhga a'zo bo'linglar. Bu guruh Xushnudbek akaning guruhi. https://t.me/xushnudbek_group
Ular ham keyinchalik qo'shiladilar. 10K ta bo'lgach. https://t.me/xushnudbek_group
2016-yil 192,6 ball bilan BuxDTI ga 16-o‘rinda grandga kirganman.
Menga o’qishga kirish juda oson bo’lgandek tuyiladi. Yakkabog’da 14- Maktab-internatni bitirganman. Rosa yaxshi koraman. Ko’p bilimlarni o’rgatgan. Har yili rus tilidan olimpiadaga borardim. Ustozlarim zo’r taclashardi. Keyin bizga kelib 5 ta fan bo’ladi deyishdi. Men qo’rqmadim sababi , matematikaga ixtisoslashgan sinfda o’qigandim. Ingliz tilidan bor yil oldin ielits olib qo’ygandim. Rus tilimga ishonardim. Shu qarordan keyin faqat tarixga qo’shimchaga bordim( shu fanni korgim ham yo’q negadir , unga sarflagan vaqtimga nimalar qilsam bo’lardiya. Lekim eslab qolishim rosa qiyin bolardi. O’qituvchim ham seni shunaqa olishing qiyin deb o’ylamasdim deyaverardi. Ozim ham hayron qolardim). Keyin karantin deb 2 ta fan qilib qo’yishdi. Biroz jahlim chiqdi. Nega shuni boshidan aytmaydi degan fikrlar o’tdi. O’shanda ko’p abotiriyentlar 2 ta fan oqirdi ozi. Oxiriga kelib 5 ta fan o’qigan bilan 2 ta fan o’qiganni darajasi teng bolib qolishligidan jahlim chiqdi. Keyin 11- sentabrda imtihon boldi. Kirdim hammasi oson savollar. Bittagina rus tilini ishlasam bo’ldi. 1 soat vaqtim bor. Men esa ishlab chiqib qarasam endi 12 minut o’tgan. Keyin yana bir qaradim savollarga , bo’yadim 30 minutlarda ozi imtihondan chiqib ketdim. Keyin natijaga qarasam 176.1 ball bilan grandga kirganman. Mendan xursand odam yo’q edi shu kuni. Lekin hozir o’qigim yo’q. Yana ielitsga qatnayapman. Xudo xohlasa ielitsni 7.5 qilib Kanadaga ketmoqchiman. Ha aytgancha, ixtisoslashgan maktablarga o’qishni tavfsiya qilaman yoki farzandiylarni o’qitishni. Va UZB univerlariga kirolmasaylar hecham siqilmaylar. O’qishga kirib tashab ketayotganlar kam emas. Yoki bitirib yana shu yevropa davlatlarida , juda ko’pchilik rossiyada ishlab mardikor bo’lin ishlab yurganlar son-mingta. Birdan ielitsni ko’tarib chetga chiqishni ko’riylar. Hayotiylardagi bitta nuqta bolib qolmasin shu UZBdagi ( bir tiynga qimmat) univerlar
2020 yil Toshkent davlat Sharqshunoslik unversiteti 132.6 Kechki
Show next 100 comments