Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
139.6 Ball ADU kimyo
Mirtulayeva Nargiza Gayratovna
Assalomu aleykum yaxshimisiz Xushnudbek aka siz doim togri etasiz, 2006,2007 yillarda man harakat ham qilmaganman sababi faqta Puli bor boylab oqiydi degan fikr bolgan.Aslida ham shunday edi.
бизарам нархозда 193 бал билан контракда укиганмиз. 200 бал олганларни курганмиз. номини зурга ёзишарди
Mirtulayeva Nargiza Gayratovna
Boy insonla demoqchi edim
Men 2020 yil toshkent moliya institutga 185.8 ball BN kirganman
Mahliyo
Menga o’qishga kirish juda oson bo’lgandek tuyiladi. Yakkabog’da 14- Maktab-internatni bitirganman. Rosa yaxshi koraman. Ko’p bilimlarni o’rgatgan. Har yili rus tilidan olimpiadaga borardim. Ustozlarim zo’r taclashardi. Keyin bizga kelib 5 ta fan bo’ladi deyishdi. Men qo’rqmadim sababi , matematikaga ixtisoslashgan sinfda o’qigandim. Ingliz tilidan bor yil oldin ielits olib qo’ygandim. Rus tilimga ishonardim. Shu qarordan keyin faqat tarixga qo’shimchaga bordim( shu fanni korgim ham yo’q negadir , unga sarflagan vaqtimga nimalar qilsam bo’lardiya. Lekim eslab qolishim rosa qiyin bolardi. O’qituvchim ham seni shunaqa olishing qiyin deb o’ylamasdim deyaverardi. Ozim ham hayron qolardim). Keyin karantin deb 2 ta fan qilib qo’yishdi. Biroz jahlim chiqdi. Nega shuni boshidan aytmaydi degan fikrlar o’tdi. O’shanda ko’p abotiriyentlar 2 ta fan oqirdi ozi. Oxiriga kelib 5 ta fan o’qigan bilan 2 ta fan o’qiganni darajasi teng bolib qolishligidan jahlim chiqdi. Keyin 11- sentabrda imtihon boldi. Kirdim hammasi oson savollar. Bittagina rus tilini ishlasam bo’ldi. 1 soat vaqtim bor. Men esa ishlab chiqib qarasam endi 12 minut o’tgan. Keyin yana bir qaradim savollarga , bo’yadim 30 minutlarda ozi imtihondan chiqib ketdim. Keyin natijaga qarasam 176.1 ball bilan grandga kirganman. Mendan xursand odam yo’q edi shu kuni. Lekin hozir o’qigim yo’q. Yana ielitsga qatnayapman. Xudo xohlasa ielitsni 7.5 qilib Kanadaga ketmoqchiman. Ha aytgancha, ixtisoslashgan maktablarga o’qishni tavfsiya qilaman yoki farzandiylarni o’qitishni. Va UZB univerlariga kirolmasaylar hecham siqilmaylar. O’qishga kirib tashab ketayotganlar kam emas. Yoki bitirib yana shu yevropa davlatlarida , juda ko’pchilik rossiyada ishlab mardikor bo’lin ishlab yurganlar son-mingta. Birdan ielitsni ko’tarib chetga chiqishni ko’riylar. Hayotiylardagi bitta nuqta bolib qolmasin shu UZBdagi ( bir tiynga qimmat) univerlar
2014 bakalavr 131,2 ToshDAU grant
2019 magistr 159 SamVMI grant
2020-yil Jahon tillari 182.8 ball,kontrakt
Ingliz tili-30 ta
Ona tili-29 ta
men 2014 yil 188.6 BALL BILAN TATUGA GRANDGA KIRGANDIM ESIMDAN CHIQMAYDI
2014 yil 190.0 ball bilan TDYU talabasi bo‘lganman.O‘tish bali adashmasam 182 ball bo‘lgandi.
2012 йил 160,2 балл Тошкент Архитектура Курилиш Институти контракт
2020-yil 11-sentyabr hayotimdagi eng baxtli kun ming bir hayajon bilan imtihonga borganman.QarDUga o'zbek filologiyasiga 2-o'rin Grandga kirganman.179,6ball bilan
Olimjonov Mirobidjon
2020 103.3 bilan Andijon mashinasozlik instituti ga kirganman kantrak
★★★FARRUXBEK★★★
Men 2020 - yil NaMDu ga 123.8 ball bilan kirdim
143 bal milliy universitet matematika kontrakt 2017
Man 2020-yil ADTI ga 189 ball bn kantrakt kirganman🤦🏻‍♂️
Жамшид Хасанов Н.
1998йил, БухДУ, 221,6 балл гранд экономфак, уша йилларда озгина хакикат бор эди )))
Alisher
Narxozga 136.7bilan oxirgi oʻrinda kirganman
Show next 100 comments