Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2020-yil FarDU Ijtimoiy ish 98,1 grant. Ona tili 21 ta biologiya 10 ta
2018-yil 140,8 ball bilan ToshDO'TAU ga kontrakt asosida o'qishga kirganman.
Men ham 182 ball bilan kirolmagandim 2012 yil politexnikaga menejment ga keyin esa kirish uchun 4 yil vaqt ketdi
2007 yil 154.4 ball bilan budjetga kirganman, lekin o'shanda opalarim kontraktda o'qiyotganlari uchun majbur bo'lganman pastroq balli yo'nalishga kirishga, esimda 2007 yil test savollarida tubdan o'zgarish bo'lgandi, men taxminan 170-180 ball ololaman deb o'ylagandim, lekin o'sha yili fizika juda qiyin tushib qolgandi, matimateka 30 ta , fizika 24 ta, ona tili 10 ta topganman. Test savollari ilgari 1 dan 36 ga qarab osondan qiyinlashib borardi, 2007 yildan esa qiyin va oson savollar aralash kelgan bu ham yaxshigina ta'sir qilgan. Chalg'itgan miyyani.
Man 2008 yilda 157 bal bilan yiqilganman
Ⓤⓛⓤⓖʻⓑⓔⓚ
2018-yil SamDAQI Qurilish fakultetiga 101.2 ball bilan grantga kirganman, qizig'i grantning o'tish balli 101.2 ball edi, eng oxirgi chizig'da o'zim turganman, omad deganlari shudirda, Allohga shukr.
2006 йил НамДУ ҳуқуқшунослик факультети, 196 балл, тарих-33 та, она тили - 33 та, инглиз тили - 26 та. Давлат гранди 4-ўрин.
2015 yilda 159.1 ball TDTU
29,24,8 oxirgi o'rin grand bo'lganman
Muhammadnurim
2017 yil QarDU ingliz tili yo'nalishiga 163ball bn kontraktga kirganman .Bir yil oldin shu ball grant balli bo'lgan
Искандар
1998 йил ТДИУ (нархоз) МЭО, 205,6 балл бюджет, инглиз 33 та, матем 34, ота тили 29 та
Assalomu alaykum 2015 yil Moliya institutining "pensiya ishi" yo'nalishiga xujjat topshirib ( keyin bilsam bu rektoriski gruppa ekan DTM olgani borganimda Moliyani "moliya" yo'nalishidan chiqqan🤐🤐🤐🤐🤐 nima ham derdik dedim o'zimga 1 kunda hech nimani o'zgartirib bo'lmas edi , imtixon yaxshi o'tga meni nazdimda chunki matematikani 100% yechganman lek chet tili chatoq edi , o'sha yili 156.7 bn yiqilganman Rektoriski gruppalar bor bo'lsin🤐🤐🤐🤐🤐🤐. 2016 yili esa Olloh yo'limni ko'rsatgan ekan TDAU "buxgalteriya xisobi va audit" yo'nalishiga 164.4 bn grant kirdim o'sha yili test savollari juda qiyin tushgan bunkerdagilar ham 3-4 kishi bo'lib terlab ishlagan keyin eshitsam o'sh yili 29 ta 25 ta 20 ta yechib o'qishga kirganma . Keyin bilsam 5 ta Grantdan faqa men imtixonga kirgan ekanman qolganlarini o'rniga kirishgn ekan. Lekin Ollohga shukur qilamn ota onamni qiynamasdan Grantda o'qib bitirib hozir o'z ishim bilan bandman.
Men shuni anglab yetdimki ming korrupsiya bo'lsa ham o'qigan odamni peshonasiga ollohni o'zi risqini berar eka faqat chekinmasa bo'ldi!!!
P/s Etibor uchun raxmat juda ko'p yozib yubordim, Xushnud aka xotiralarni junbushga keltirib yubordiz😀😀😀
@Xushnudbek

Assalomu Aleykum Xudoyberdiyev Xushnudbek!
Biz bur gurux talabalar sizdan bizni ôqishimizni kõchirishda bõlayotgan muammolarni Davlat Test Markazi bilan boģlanib xal qilib berishinggizni iltimos qilamiz!

Bizdagi muammolar⤵️

1-Eng birinchi yozilgan arizalar qolib, xozir faqatgina yangilar kôrib chiqilyabdi! Õz ôzidan savol tuģilishi mumkun birinchi yozilgan arizalar yani 15-19 iyulgacha bular qayerda qoldi? Kôrib chiqilyotgan arizalar xam xali xanus 6 kundan buyon javob kelmayabdi!

2- Transfer dtm uz saytiga yozilgan va rad etilib qaytib kelgan arizalarda sababi kôrsatilmayabdi yoki transkript ruscha emasligi aytilmoqda. Modomiki 80% talabalarda transkript ruscha emas! (Qozoqcha,qirģizcha,tojikcha, va h.k)

3-Qabulga judayam oz vaqt qoldi DTM xammani arizasini kôrib chiqishga ulguradimi, rad etilgan arizalarga qabul yakunidan sõng qayta tahrirlash imkoni necha kunga beriladi!
2013 йил ТДЮУ юридик университети 195.2 балл контракт
Otabek
Men o‘tkan yili Tekistilniyga 100.6 bn kantrakka kirdim yengil sanoatga
168.8 ball 26,31,21 2015 yil TIQXMMI ga Menejmentga kirgandim, 2019 yilda shu institut marketing yo'nalishiga 196 ball bilan magistraturaga qabul qilingandim 1 haftalar ichida magistrlik diplomini qabul qilib olamiz
121, 2 ball bilan QarDU ga grantga Fizikaga kirganman. 17-urinda kirganman. 2016-yili endi shaffof bula boshlagandi. Qanaqadir ishla amalga oshirilgandi lekin 100%emas. 2017dan keyin tiniq shaffof buldi
Narziyeva Dilshoda
1996 yil 204,7 ball bilan grantga kirganman.Yaxshigina eslayman.Imtihon topshirgan kunim qancha ball olishimni aytganman.Oldindan bilganman.
2008-yil Toshkent Moliya Institutiga 200.4 ball bilan 5-o'rin kontrakt asosida kirganman. 33/31/30
2011 yil. Sharqshunoslik inistituti 189.5 ball. kontraktga ham yetmagan. Tarix 36/36.
2012 yil. 186.5 ball. kontrakti yo'q oliygohga 7-o'rin nasib qilgan. Ollohga shukur.
56.7 shunchaki omad olloxga shukur hozirda fakultet yetakchisi👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓 2019
Show next 100 comments