Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2011 yil. Sharqshunoslik inistituti 189.5 ball. kontraktga ham yetmagan. Tarix 36/36.
2012 yil. 186.5 ball. kontrakti yo'q oliygohga 7-o'rin nasib qilgan. Ollohga shukur.
56.7 shunchaki omad olloxga shukur hozirda fakultet yetakchisi👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓 2019
Dilnoza To'lqinovna
2010-yil 132.2 ball bn TerDUning filologiya fakultetiga o'qishga kirgaan.
Javokhir Atabayeva
2017-yil 148.6ball bilan NukusDPI ga grant kirganman.4-o'rinda
O'sha paytlar (2004,2006-yillar) maksimum ball qancha bo'lgan?
Davron Abduazimov
2010-yilda JDPIga 158.2 bilan 9-o'rinda byudjet
2016-yil O'zMU matematika fakultetiga 159.6 ball bn Grant asosida kirganman ollohga shukr😘
✵࿆𝝣࿆🇧࿆𝕒࿆ℝ࿆𝕠࿆ℕ࿆🇲࿆𝙻࿆𝝰࿆𝞃࿆𝞈࿆𝝸࿆𝝪࿆࿆ 𝝣࿆✵࿆
Inshoolloh shu yili talaba bulamiz, sizlarday bulib yurish nasib etsin🤲🤲
130.4 ball Farduga geografiya yo'nalishida 2017 ga kirganman hali telefon degan baloni oxirgi yili edi keyin kamera tizimga o'tilgan
Жасмин
134,2 birinchi o'rinda kontrakt. Namdu 2011. Grantga kirganlar tarixini o'qish davomida bilib olganmiz
146,4 ball bilsn byudjetda kirganman 2003 yil UzDJTU
130 ball bilan JDPI xorijiy tillar fakultetiga kirganman 2013 yil
ㅤㅤ
2020, 173 ball, kontrakt,TDYU ,oʻtish ball,
Avval QDUga kirganman, 2-oktyabrdagi BUYUK SILJISH natijasida TDYU talabasiga aylandim☺️☺️☺️
Òtgan yili 179.5 ball bilan QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI Amaliy matematika yònalishiga grant asosida kirganman. Ollohga shu kunlarga yetkazganiga shukur qilaman. Hali maqsadlar katta xudo xoxlasa.

Nechi ball tòplaganimni bilish mumkin bòlgan parolimni ballim chiqqunicha hammadan yashirganman(hattoki dadam va onamdan ham😁). Negaligini bilmadim😅.
SALOHIDDIN BOQIYEV
2014 yil 168.2 balla bilan talab bo‘lganman allohga shukur. Tarix 31 ta,ona tili 29 ,ingliz tili 14 ta. Ishlagandim
2020 yil 25_sentabr 111ball Toshkent davlat pedagokikav unversetetiga kirganman kechkida mat va Informatika ha alhamdilillah
Hasanboy Abdusamatov
2009 yil Milliy universitetning Psixologiyasiga. 217.2. Ball. 35/35/32. O'sha yili Jami 32 talabadan 5 kishi ozi kuch bilan kirganmiz. Buni keyin chalik bilganmiz.
2018 yil 68 ball bilan kirganman oshanda ballar juda juda past bolgan faqat matematikadan tayorlangan edim esimda
Shodiyeva
Ha albatta eslay olaman 3 farzandim ham mani telfonimdan yuborgan edi ESMS ni kelgan telfonga xabarni saqlab quyibman
2003 yil moliya instituti, kredit fakultetiga 203.2 ball bilan kirganman. Balllar juda past bo‘lgan o‘sha yili. Ancha qiyin bo‘lgandi.
Show next 100 comments