Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Мени кирганимга енди икки йил болди. 116балл бн кирганман
Men 170. 9 ball bilan Jahon Tillari Universiteti ga 2019 - yil shartnoma asosida qabul qilinganman ingliz tili 30/30 ona - tili 27/30 tarix 19/ 30 grantga 2.1 yetmagan ammo boriga va bariga shukr qilaman
🍁🍁🍁
2020. 179.5 😊😊😊 NavDPI. 28.29
Davronov Qo‘ldosh
2019yil 156.9ball bilan BuxDu Tarix fakultetiga kirganman
2012 yili TDYuUga 197.4 ball bilan kontraktga kirgandim. Exxe owa yillar byudjet 211 balladan bowlangan edi adawmasam
xudo hohlasa yanagi yil maktabni bitiray albatta talaba bölaman. Lekn bu yerda köpchilik yozgan X variant : Mandat nima ekanligini töğrisi tushunmadm
2015-yil O'zMU ga matematika fakultetiga 207.4 ball bilan kirganman.
Grantning oxiri 168 bo'lgan edi adashmasam.Kontraktga kirish esa 145 ball edi.
Davronov Qo‘ldosh
27 Tarix 27 ona tili 15 ingliz tili
2007 yil 134,7 bal bilan Qardu filologiyaga kontraktga
Doniyor Hasanov
2014-yil 132,7 bal 27ta matematika, 16 ta fizika 14 ta ona tili va adabiyot. 2013-yil yiqilganimdan so‘ng, o‘sha bali past yo‘nalishga
2019 yil 150.9 bal tarix ona tili
Мохинур У.Сатимбаева
2020-yil 182.7 ball bn kontrakt😁🤦🏻‍♀️
Assalomu alaykum 2020 yili 157.3 Ball bilan FDU ga kirganman ingliz tili 23 ta ona tili 27 ta o'tish bali 153.4 bo'lgan
Man esa 154.6 ball bilan super kontrat asosida 14million to'lab 2020 yili QDPIning Xorijiy tillar fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ingliz tili yo'nalishiga kirdim va talaba bo'ldim! 1tagina savolga ham to'g'ri javob berganimda edi kontraktga kirgan bulardm ammo nasib ekan nima bulganda ham endi talaba degan nomim bor Alhamdulillah
Xurshid Shonazarov
Albatta buyurmaydi. Har xil ma'noda. Mazza qilib haligacha yashab yurganlari bor. Lekin baribir javob beradi
Bu dunyodayam bu dunyidayam oxiratda yam javob berishadi bu haromxo'rlarni deb insofli o'z bilimiga ishongan qanchasi talaba bo'lolmay Maskvada yurishibdi yoki erga tegib ketishdi haromxorlar mazza qiladi mayli Xudo borku har bir inson balog'atga yetganidan to o'lguncha har bir sekundi uchun Olloh huzurida tikka turib javob berishadilar.
Yana musulmon yigit qizlar shunday qilishdi umuman adolatsizliklar zamoni edi
2006 yil 196,9 bal bilan TDIU kontraktga kirganman.
D. Shomurodovna
2018-yil O'zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakultetiga 129.0 ball bilan to'lov-kontrakt asosida qabul qilinganman.
Matematika 23 ta
Fizika 17 ta
Ona tili 20 ta

Grand -142
Kontrakt-98 bo'lgandi o'tish ballari

Allohimga shukr mana 4-kursman.
2014 125.5 bilan supper kantrakt jizzax politexnika i 2018 yil TADI ga magistraturaga 169 bal bilan 1 orin kantrakt . Oka 6 yil kantraktda oqiganman koz tegmasin hoz TDTU da asisstent bolib ishlamoqdaman hudo ga shukur hammasi yaxshi
Show next 100 comments