Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2019 yil 150.9 bal tarix ona tili
Мохинур У.Сатимбаева
2020-yil 182.7 ball bn kontrakt😁🤦🏻‍♀️
Assalomu alaykum 2020 yili 157.3 Ball bilan FDU ga kirganman ingliz tili 23 ta ona tili 27 ta o'tish bali 153.4 bo'lgan
Man esa 154.6 ball bilan super kontrat asosida 14million to'lab 2020 yili QDPIning Xorijiy tillar fakulteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ingliz tili yo'nalishiga kirdim va talaba bo'ldim! 1tagina savolga ham to'g'ri javob berganimda edi kontraktga kirgan bulardm ammo nasib ekan nima bulganda ham endi talaba degan nomim bor Alhamdulillah
Xurshid Shonazarov
Albatta buyurmaydi. Har xil ma'noda. Mazza qilib haligacha yashab yurganlari bor. Lekin baribir javob beradi
Bu dunyodayam bu dunyidayam oxiratda yam javob berishadi bu haromxo'rlarni deb insofli o'z bilimiga ishongan qanchasi talaba bo'lolmay Maskvada yurishibdi yoki erga tegib ketishdi haromxorlar mazza qiladi mayli Xudo borku har bir inson balog'atga yetganidan to o'lguncha har bir sekundi uchun Olloh huzurida tikka turib javob berishadilar.
Yana musulmon yigit qizlar shunday qilishdi umuman adolatsizliklar zamoni edi
2006 yil 196,9 bal bilan TDIU kontraktga kirganman.
D. Shomurodovna
2018-yil O'zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakultetiga 129.0 ball bilan to'lov-kontrakt asosida qabul qilinganman.
Matematika 23 ta
Fizika 17 ta
Ona tili 20 ta

Grand -142
Kontrakt-98 bo'lgandi o'tish ballari

Allohimga shukr mana 4-kursman.
2014 125.5 bilan supper kantrakt jizzax politexnika i 2018 yil TADI ga magistraturaga 169 bal bilan 1 orin kantrakt . Oka 6 yil kantraktda oqiganman koz tegmasin hoz TDTU da asisstent bolib ishlamoqdaman hudo ga shukur hammasi yaxshi
Toshkent Davlat Yuridik universitetiga 2017 yil 198,2 ball bn kirganman. 33 ta tarix 10 ta ona tili 8 ingliz tili va 50% armiya ligotasi bn kirganman
2003 йил 154.6 балл билан ЖДПИ нинг тарих факултетига 1 урин бюджетга кирганман. Алхамдулиллах
2011 yil TATU. 35 matematika 31 fizika, 12 ona tili. 186,2 ball
Dr. Anvar
1% degan fikringizga qo‘shilmayman. Man 2008 yil 192 bal bilan tibbiyot institutiga grantga kirganman. Hamma davrlarda bilimli abituriyentlarga yetarlicha imkoniyat bo‘lgan. Kamida 40%
163,2 ball bn 2013-yil ADU filologiyasiga kontrakt kirganman. Grant oxirgi balli 165,2 bo'lgan 😣 lekin u kun eeeng baxtli kunim bo'lgan o'z kuchim bn kirganim uchun!
@@@@@
2016-йил КДУга 125.8 бал б.н грантга кирганман. 25 уринда
Ótgan yili 170 bal bilan Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga shartnoma asosida óqishga kirdim
2014-yil TATU Toshkentga 157.2 ball bilan kirgan edim. 2013-yil shu ball budjet boʻlgan edim. Men kirganda koʻtarilib qolgan edi... 🤦🏻‍♂️
Erkin Elmurodov
2017-yilda Terdu O‘FF ga 160.9ball bilan o‘qishga t.sh.asosida qabul qilingan edim . Oxirgi grand 163.8 bo‘lgan.lekin o‘z kuchim bilan kirganman o‘qishga
Sultonova Ozodaxon
To'g'ri 1-avgust kimlarningdir xotirasida yomon kun sifatida qolgan.Men ham maktabni bitirgach 10 yildan keyin talabalik baxtiga erishganman.2007 yilda 1-avgust kuni imtihonga kirishda abituriyentlar telefonni olib kirib ketish uchun ommaviy tartibsizlik uyushtirishgan edi.Abuturiyentlarni itarib turtishlari ostida zinalarda qoqilib surilib imtihon honasiga borib olganman.Imtihon boshlangach ishonasizmi guruximizdan deyarli hamma telefon orqali test yechgan edi.Rosti men ham telefon olib kirganman lekin meni telim ishlamagan (keyin bilsam onam zaryadga qo'yishda balanddan tushirib yuborgan ekanlar eskiroq telefon edida).Baribir avvalo rizqingiz qo'shigan bo'lsa,ozgina bo'lsa xam bilimingiz bo'lsa yutub chiqasiz ekan.Imtihondan dod deb yig'lab chiqqanman hammani telefoni ishladi hamma o'tib ketadi men yiqildim imtihondan deb(chunki turmush o'rtog'im faqat bir marta topshirasiz o'tmasangiz shu bilan o'qishni unutasiz deb 10 yilda ruxsat bergandida)O'sha telefondan foydalanganlar qolib 145,2 ball bilan umumiy ro'yhatda 5-o'rinda Kantraktda esa 1-o'rinda o'tganman.Xulosa qilsam mashaqqat bilan olingan bilimim ish faoliyatimda ham hamisha qo'l keladi.Yaxshiyam orzuyimdan voz kechmay kech bo'lsa ham o'qiganim.
Раъно Сувонкулова
2019- yil 189 balldan 174 ball yig'ib islom akademiyasiga 1chi kontrakt bo'lib kirganman🥲 kirganimga xursand bo'lganim , lekin alamlisi 1chi kontrakt edim🥲🥲🥲
Show next 100 comments