Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Раъно Сувонкулова
2019- yil 189 balldan 174 ball yig'ib islom akademiyasiga 1chi kontrakt bo'lib kirganman🥲 kirganimga xursand bo'lganim , lekin alamlisi 1chi kontrakt edim🥲🥲🥲
Наконец ты очнулся, ака Хушнуд
Odina Ibragimova (Oilali)
Qoʻqon Davlat Pedagogika instituti ga 2017-yil 143.2 ball bn Musiqa yoʻnalishiga 1-oʻrinda kantraktga kirganman . Grandga 0.2ball yetmagandi😊mayli Allohga shukur. Mana bu yil bitirdim ham. Alhamdulillah. Ona tili dan 31 ta Tarix dan 6 ta ishlaganman (tarixni uncha yaxshi oʻqimaganman.) Musiqa fanidan ijodiy imtihon da 45 ball yigʻganman. Hullas talabalik baxtidan totib koʻrgan insonlardanman Allohga shukur
Nozim Bek
2011 yil TATU. 35 matematika 31 fizika, 12 ona tili. 186,2 ball
Qaysi yo'nalish? Men 2012-yil grandga kirganman Axborot xavfsizligiga. 35 ta matem, 32 ta fizika, 20 ta ona tili. 197,7 ball.
بإنتأ رأستآم
Men 2020 yil TFI ga kantrakt asosida oqishga qabul qilindim men o'qishga kirganimdan keyin qarindoshlarimiz ham farzandlarini o'qitishni hoxlab qolishdi Adolat bor ekanku deya
Ахроркулов Анваржон
1993 йил 31 июль куни тест топшириб, 26 августда эълон килинган тест натижаларига кура 168 балл билан 13 уринда ФарДУ юридик факультетига бюджет асосида талабаликка кабул килинганман. Жавоб варака номерим 0050531 булган .
man o‘tgan yili grant asosida Namangan Muhandislik Qurilish inistitutiga kirganman 62.8 bal bilan gruppa qog‘ozim bor edi 2 guruh nogironi 2 kurs bo‘ldim Xudoga shukur
Matluba Qobilova
2011-yilda Samarqand davlat chet tillar institutiga 195,8 ball bilan 4-oʻringa garnt asosida talaba boʻlganman. 33 ta ingliz tili, 31 ta ona tili va adashmasam 28 yoki 27 ta tarixdan toʻgʻri ishlaganman.
2018-йил 136.2 балл бн Фарпи га контрактга кирганман
SOBIRJON ✮‌♚‌ 🄺🄰🄼🄾🄻🄾🅅 ‌♚‌ ‌✯
Dr. Anvar
1% degan fikringizga qo‘shilmayman. Man 2008 yil 192 bal bilan tibbiyot institutiga grantga kirganman. Hamma davrlarda bilimli abituriyentlarga yetarlicha imkoniyat bo‘lgan. Kamida 40%
Ман 2008 йил Самарканд Давлат иктисодиет университет дан 198 балл Билан йикилганман.Коррупсияни гуллаган даври эдику у пайтлар.Билимли талабага хеч канакасига 40 фоиз шанс булмаган у пайтларда.
2014-yil ToshPTI(SAMPI)ga kirganman. 179,2 ball bilan. Toʻlov-kontrakt asosida. Biologiya 31 ta, kimyo 27 ta, ona tili va adabiyotdan 24 ta. Haliyam esimda...
Allohimga shukur 2019 yil maximal 189 ball olib 1 o'rinda Grand asosida Qoraqalpoq Davlat Universiteti Yurisprudensiya fakulteti talabasi bo‘lganman
Guliston Davlat universiteti Filologiya fakultetiga 2017-yili 153.2 bn kontrakt asosida kirganman,Ollohim o'zingga shukr,bu yil bakalavrlikni tugatdim🙃🙂
Sanjar
2020-yil 170.4 ball bilan grand ChDPI
2015-yil O'zMU biologiya fakultetiga 185 ball ( 33 ta biologiya, 31 ta kimyo, 16 ta ona tili) bilan kontrakt kirganman. O'shanda o'zimdan hech qoniqmaganman, grantga kirganlar daho bo'lsa kerak deb o'ylagandim, o'qish boshlanishidan oldin. O'qish boshlanganda esa hammasi ayon bo"ldi... Bakalavrni oldingi qatorlarda qizil diplom bilan bitirdim, hozir magistraturani ham bitirdim, Janubiy Koreyada almashinuv dasturi bilan o'qib keldim, vaqt va harakat hammasini o'z o'rniga qo'yishga yordam beradi...
yoshim 30 yoshga kirdim kech bo‘lsa ham kirdim Xudoga shukr
Matluba Qobilova
Dr. Anvar
1% degan fikringizga qo‘shilmayman. Man 2008 yil 192 bal bilan tibbiyot institutiga grantga kirganman. Hamma davrlarda bilimli abituriyentlarga yetarlicha imkoniyat bo‘lgan. Kamida 40%
Bu gapingizga qoʻshilaman. Biz bilan birga oʻqigan koʻpchilik abituriyentlar haqiqatdan juda qattiq tayyorlanishdi va talaba boʻlishgandi. Bilimi borni baribir atayin shu koʻp bal toʻplabdi deb yiqitmaydi.
Men òtgan yili Ózbekiston Milliy universitetiga 88.1 ball bn kontrakt kirganman 2003 yil bólib 😀😀😀
Abduvaliyeva Guljahon.V
Ollohga shukr 2011 yil oz bilimim bilan Fardu biologiyaga 148.2 ball bilan 34 chi orinda kantrakt kirganaman biologiya 34 ta kimyo 25 ta va ona tili adabiyot 11 ta
Show next 100 comments