Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Matluba Qobilova
Dr. Anvar
1% degan fikringizga qo‘shilmayman. Man 2008 yil 192 bal bilan tibbiyot institutiga grantga kirganman. Hamma davrlarda bilimli abituriyentlarga yetarlicha imkoniyat bo‘lgan. Kamida 40%
Bu gapingizga qoʻshilaman. Biz bilan birga oʻqigan koʻpchilik abituriyentlar haqiqatdan juda qattiq tayyorlanishdi va talaba boʻlishgandi. Bilimi borni baribir atayin shu koʻp bal toʻplabdi deb yiqitmaydi.
Men òtgan yili Ózbekiston Milliy universitetiga 88.1 ball bn kontrakt kirganman 2003 yil bólib 😀😀😀
Abduvaliyeva Guljahon.V
Ollohga shukr 2011 yil oz bilimim bilan Fardu biologiyaga 148.2 ball bilan 34 chi orinda kantrakt kirganaman biologiya 34 ta kimyo 25 ta va ona tili adabiyot 11 ta
147 балл бюджет
TTA Termiz filiali Davolash fakultetga 130.0 ball toʻlov~kantirak asosda 2018-yil 1-avgustda talaba boʻlganman bugun 4-kursda oʻqiyapman lk eslasam haliham yuragim hapqirib ketadi 🙃🙃
Ollohiimga ming shukur !!!
2017-yil 201,1 ball bilan Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga o'qishga qabul qilindim. Mana bitirib ham oldik, hammasidan minnatdorman, alhamdulillah. Ollohimning irodasi va o'z bilimim bilan talaba bo'lganman!
Азамат
2010 йил Қорақалпоқ Давлат Университетининг 212,2 балл билан Юриспруденцмя факультетининг грант асосида талабаси булганман
Assalamu alaykum.Man 2019-yil O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti Kechgi bo'limga 146.1 ball bilan tòlov kontraktga kirganman Alhamdulillah.
2018 Farpi 85.6 gk va k
O'tgan yil TerDu 157.3 😁 kontrakt
Qizim 2015-yildan oʻqishga topshirib 3yil harakat qildi.Omadi kelmadi.Oʻzi ham baland dorga osildi-da, bilimiga ishonib.Qayerga deng? Alisher Navoiy nomidagi OʻZBEK tili va adabiyoti universitetiga! Oʻshanda koʻzim bilan nohaqlikni koʻrdim.,,Shaffof"degan soʻz urf boʻlgandi oʻshanda.
2018 yil Qoʻqon Davlat pedagogika instituti 147 ball bilan ingliz tili yoʻnalishiga kontrakt asosida oʻqishga qabul qilindi.Demoqchimanki, bilim har narsadan ustun!
М Р Ж
Хозир четдан укишини кучирадиганлар билими билан укишга кирмаган базилари отини аранг ёзади
Беҳзод Ширинов
Assalomu alaykum Men 2019yil Samarqand davlat universiteti Tarix fakultetiga 166.7 ball bilan Kontrakt asosida oʻqishga kirganman😁3 blokim yoʻq edi tavakkal bosgandim.Ollohga shukur 3 kurs boʻldim .Shu yurt uchun olloh qodir qilgancha oʻz hissamni qoʻshib kelyapman .
Mashaqqat chekmagan topmas xazina tun ortidan kunduz kelur hamisha 🇺🇿
2006-yil, NamDU, Boshlang‘ich ta’lim, 134 ball, budjet, birinchi yiliyoq. U paytda o‘qishga kirish qahramonlik edi😃
2020-yil 151.4 ball bn O'zDJTU ga ingliz tili fakultetiga grandga kirdim
1997 йил, КарМИИ, иктисодиёт, 149.7 балл.. киришим аник деб кирганман укишга, киролмай коламан деган хаёл умуман булмаган
Hali ham esimda birinchi yili 174.6 ball bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetidan yiqilganman. O'shandan beri 1-avgustni yomon ko'raman 😁 2- yili 161.2 ball bilan Namangan davlat universiteti filologiya fakultetiga 4- o'rinda grant asosida qabul qilinganman. DTM raqamimni haligacha eslab qolganman. 821 61 16😍 Talabalik davrimda kerak bo'ladigan barcha muhim kodlarim hamda loginlarimni shu DTM raqamim bilan belgilayman. Hatto telefon parolim, plastikni ham. Ana aytib qòydim 🙈
Sirojiddin Xujanov
2010 yilda TerDU 160,2 ball grand asosida qabul qilinganman.
2006 йиллар тестини ечганмиз семичка пучакде гапиди осониди🤭
Matluba Qobilova
М Р Ж
Хозир четдан укишини кучирадиганлар билими билан укишга кирмаган базилари отини аранг ёзади
Toʻgʻri. Afsuski koʻpchiligi shunday. Universitetda ishlayman. Ularni hatto talaba deyishga tiling bormaydi.
SALAMAT SABIROVNA
Assalomu alaykum 2014 yili 122,2 ball bilan 1- blokk fan 28 ta, 2- blok fan 5 ta, 3- blok fan 17 ta to'g'ri javob bilan UrDU talabasi bo'lganman
Show next 100 comments