Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
Òtgan yili 182.8 bilan Samarqand davlat chet tillar institutiga kirdim
1994 йил 194,3 балл билан давлат гранти асосида Урганч давлат университетига иктисод факультетига кирганман. Математикадан 36 дан 35 та, инглиз тилидан 36 дан 22 та, она тили ва адабиётдан 36 дан 36 тасига тугри жавоб белгилаганман. Уша пайтлар репетиторга бориб тайёрланишга пулимиз хам вактимиз хам булмаган. Чунки математикага ихтисослашган Хоразм вилояти Янгиарик туманидаги Аз-Замахшарий номидаги лицейимизда машгулотлар соат 17-00 гача буларди. Устозларимга мингдан минг рахмат айтаман!!!
2011йил Андижон машинасозлик институти АТ йўналиши 209.6 балл буджет
2017 grant kirganlar eng kuchlilar, wundan beri test sovollari osonlashgan.
2017 yil 185,3 ball bilan Navoiy Navoiy davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti fakultetiga davlat granting asosida kirganman. Onatili adabiyot 32 ta, tarix 30 ta, ingliz tili 24 ta ulgurmaganman.
Shuxrat
2006 йил ТерДУ молиясига 181.7 бал билан бюджетга кирганман. Бюджетга утиш бали 172 булганди. 35 та математика, 27 та инглиз тили, 15 та тил адабиет ишлаганман. 40 та бюджетга санокли курсдошимиз узлари киришганди
Математика 31та
Инглиз тили 18 та
Она тили ва адабиёт 22та
Тўгри жавоб ишлаб 2004 й да Тошкент Ирригация ва Мелиорация институти иқтисодиёт йўналишига контрактга ўқишга кирганман.
2014 yil TATU Urganch filialiga 172.6 ball bilan grant kirganman
ILHOM
Adashmasam 129 ball edi 2007 yili tolov kantrakt asosida TDTY
Men 1999 yil 152,5 bal bilan 1-o'rinda o'tganman boshlang'ich ta'limga QDPIga yaxshiyam test degan narsa chiqdi, bo'lmasa biz kambag'allarga o'qish qayoqda deysiz
Assalomu alaykum hammaga, ikki yil o'qishdan yiqilib 2010 yil 170,5 ball(biologiya-30 ta, kimyo-28ta, ona tili va adabiyoti-17ta) bilan O'zMUning Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo'nalishiga 2-o'rinda kontrakt asosida o'qishga qabul qilinganman. Shunchalik qiyin davrlar ediki har daqiqasi hozirgidek ko'z oldimda turadi. Imtihondagi nohaqlikni ko'rib yig'lab chiqqandim, undan ham alam qilgani, budjet asosida o'qiydigan kursdoshlarim orasida hato FAMILIYASINI TO'G'RI YOZOLMAYDIGANI ham bor edi. Ishonasizmi, bu yo'nalishga topshirmasligimni ustozim Qodirov Davron aka qayta qayta ta'kidlagandi, sababi keyinchalik bu yo'nalishning diplomi bn tuzukroq ish topishimga ko'zi yetmagandi(rostdan ham shunday ekan). Men uchun esa eng muhimi O'QISHGA KIRISH edi. Lekin Olloxga ming shukurki, shunday qiyin davrlarda bizga talaba bo'lish nasib qildi!
2017-yil ToshMI ga 225,6 ball bilan (biologiya 36, kimyo 36, ona tili 35) kirganman. U davrlar boshqacha edi!
2017-yilning 1-avgusti men uchun ham unutilmas kun bo'lgan. 11 tagina kvota berilgan yo'nalishga qo'rqmasdan Allohga tavakkal qilib topshirgandim o'sha yili, garchi grantga kirish men va oilam uchun juda ham muhim bo'lsa-da. Imtihon stoliga kelguncha juda hayajonlanganman, atrofimdagi hamma mendan aqlliroq, tajribaliroq tuyulgan. Tekshiruv jarayoni men istaganday haqqoniy bo'lmadi, nomigagina "tekshirildik", hafsalam pir bo'lishni boshlasa-da qo'limdan hech narsa kelmasdi. Lekin imtihon boshlangandan keyin diqqatimni jamlab testni ishlay boshladim, ammo xonada ham adolatsizliklar boshlandi, qo'limdan kelgancha ularga qarshi kurashdim(esimda, boshqa abituriyentlar "kichkina bo'lsa ham, bu qiz yomon ekan" deb qolishgandi😂) Allohga hamdlar bo'lsin, ona tili va ingliz tilidan 34 tadan, tarixdan 30 ta ishlab umumiy hisobda 209.8 ball bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hoz.universiteti)ning xitoyshunoslik fakultetiga grant asosida talabalikka tavsiya etilganman! Allohga va bilimiga ishongan barcha abituriyentlarga omad yor bo'lsin!
Brooklyn
2020 yil 182.6 bilan TDYU ga kirganman
2001 yili Namangan Muhandislik-Pedagogika Instituti Informatika va AT yo'nalishiga 156.5 ball bilan 4-o'rinda grand asodida talaba bo'lganman.
Matrmatika 31 ta, fizika 23 ta, ona tili va adaboyoti 11 ta ishlaganman.
2017 йил омадим кемаган 141.9 билан йикилганман 2018 йил биринчилардан булиб катта павилионларда тест топширяпмиз узиям 1-август куни булган 27та матем 27та инглиз тили 14та она тили ишлабман Молия институтига Д. БЮДЖЕТИ асосида укишга кирдим десам уйдагилар йиглаб юборишган хурсандлигидан😅
2012-2013-2014 topshirganman yuridikka Lekin...axiri siz aytganday 2015-yil QDU tarix yo'nalishiga tarix 35 ona tili 31 Inglis tili 28 ta ishlab kirganma
Yanikim keying yili siz aytganday bali Pastroq yo'nalishga topshirarkan inson
2019 - yil 151,7 ball bilan UzJOKU ga to'lov-kontrakt asosida kirganma. Shaffof imtihonlarning ikkinchi yili edi. Allohga shukr biz korrupsiyaga botgan u davrlarni ko'rmadik. Ana shunday sharoitlarda ham o'z bilimi bilan o'qishga kirgan, vijdonini pulga sotib yubormagan insonlarni chin dildan xurmat qilaman.
Show next 100 comments