Имтиҳон натижангизни эслай оласизми?

Мен 2006 йили 190,0 балл билан Тошкент давлат юридик институтига тўлов-контракт асосида кирганман. Ўтиш бали 181,2 бўлганди, адашмасам. Тарихдан 36 та саволдан 30 та, она тили ва адабиётдан 31 та, инглиз тилидан 29 та ишлаганман. Бир амаллаб илашиб қолганман, хуллас.

Ва доим айтаман, агар ўша йили киролмай қолганимда, 4-5 йил умуман талаба бўлолмай ўтиб кетардим, менимча. Ёки умуман ўзим хоҳламаган қайсидир камроқ балли йўналишга кирармидим, ким билсин.

Чунки 2007 йилдан бошлаб тест синовларида коррупция эээээнг юқори чўққига чиқиб кетган. Баллар шу даражада осмон бўлиб кетганки, Эйнштейндек даҳо бўлсангиз ҳам билимингиз билан кириш эҳтимоли 1% эди.

Хуллас, 2006 йили шунчаки омадим келиб қолган, Аллоҳга шукр.

❓Сиз неча балл билан кирганингизни эслай оласизми?

P.S.: 10 йиллар давомида ўз мансабидан фойдаланиб, миллатнинг келажагини пуллаб, шуни ортидан миллионлаб ҳаром пул топган инсонларга лаънатлар бўлсин.


👉 @xushnudbek 👈

2209 comments

Show 100 more comments
2017-yil ToshMI ga 225,6 ball bilan (biologiya 36, kimyo 36, ona tili 35) kirganman. U davrlar boshqacha edi!
2017-yilning 1-avgusti men uchun ham unutilmas kun bo'lgan. 11 tagina kvota berilgan yo'nalishga qo'rqmasdan Allohga tavakkal qilib topshirgandim o'sha yili, garchi grantga kirish men va oilam uchun juda ham muhim bo'lsa-da. Imtihon stoliga kelguncha juda hayajonlanganman, atrofimdagi hamma mendan aqlliroq, tajribaliroq tuyulgan. Tekshiruv jarayoni men istaganday haqqoniy bo'lmadi, nomigagina "tekshirildik", hafsalam pir bo'lishni boshlasa-da qo'limdan hech narsa kelmasdi. Lekin imtihon boshlangandan keyin diqqatimni jamlab testni ishlay boshladim, ammo xonada ham adolatsizliklar boshlandi, qo'limdan kelgancha ularga qarshi kurashdim(esimda, boshqa abituriyentlar "kichkina bo'lsa ham, bu qiz yomon ekan" deb qolishgandi😂) Allohga hamdlar bo'lsin, ona tili va ingliz tilidan 34 tadan, tarixdan 30 ta ishlab umumiy hisobda 209.8 ball bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hoz.universiteti)ning xitoyshunoslik fakultetiga grant asosida talabalikka tavsiya etilganman! Allohga va bilimiga ishongan barcha abituriyentlarga omad yor bo'lsin!
Brooklyn
2020 yil 182.6 bilan TDYU ga kirganman
2001 yili Namangan Muhandislik-Pedagogika Instituti Informatika va AT yo'nalishiga 156.5 ball bilan 4-o'rinda grand asodida talaba bo'lganman.
Matrmatika 31 ta, fizika 23 ta, ona tili va adaboyoti 11 ta ishlaganman.
2017 йил омадим кемаган 141.9 билан йикилганман 2018 йил биринчилардан булиб катта павилионларда тест топширяпмиз узиям 1-август куни булган 27та матем 27та инглиз тили 14та она тили ишлабман Молия институтига Д. БЮДЖЕТИ асосида укишга кирдим десам уйдагилар йиглаб юборишган хурсандлигидан😅
2012-2013-2014 topshirganman yuridikka Lekin...axiri siz aytganday 2015-yil QDU tarix yo'nalishiga tarix 35 ona tili 31 Inglis tili 28 ta ishlab kirganma
Yanikim keying yili siz aytganday bali Pastroq yo'nalishga topshirarkan inson
2019 - yil 151,7 ball bilan UzJOKU ga to'lov-kontrakt asosida kirganma. Shaffof imtihonlarning ikkinchi yili edi. Allohga shukr biz korrupsiyaga botgan u davrlarni ko'rmadik. Ana shunday sharoitlarda ham o'z bilimi bilan o'qishga kirgan, vijdonini pulga sotib yubormagan insonlarni chin dildan xurmat qilaman.
194.9 TATU Samarqand fililali 2012-yil
Endichi xozi Amirikada o‘qisangiz xam qizig‘i qolmayapti o‘qishga kirish shunchalik oson bo‘lib qolgan men 2014 yil qanchalik qiynalgan edim.xozir esa exxx oliy talim bog‘chaday bo‘lib qoldi oxiri nima bo‘ladi endi ko‘ramiz
Албатта эслайман. 2020 йил 189 балл, аввалига контракт, кейин бюджет 🤣😁. Тошкент молия институти
Men Xushnudjon Xudoyberdiyev bilan 2009 yil Angrenda vayenni kafedra kursantlari sifatida birga paligonda xizmat o‘taganman. Xushnidbek boshchiligida usha yerda ham Zakovat tashkil qilganmiz. UzMUni "Diversand" jamoasi g‘oliblikka erishgan. Kechagidek yodimizda
2014 yil 172.2 ball asosida Toshkent kimyo-texnologiya insitutiga tulov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganman.
2019 yil 180,3 ball bilan Milliy Universitetga tarix fakultetiga sirtqiga? 😀😀😀 kirganman.
2010-yil Nizomiy nomidagi TDPUga 121.6 ball bilan 6-o'rinda budjetga o'qishga kirganman. Yani korrupsiyasiz mustaqillik yoshlari bulganimdan xursand bulib ketganman😀😀😀😀
𝓜𝓪𝓼𝓱𝓱𝓾𝓻𝓪 𝓞𝓵𝓲𝓶𝓳𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪
Albatta esliman. 2020-yil 185.9 ball bilan grand
QarMII KTI ga 174 ball. Matematika 31 ta, ingliz tili 24, ona tili 25 ta.
Dilmurod Kalimbetov
Men 196,4 ball bilan 2016-yili urganch davlat universitetiga Tarix yo'nalishiga 2-grand bo'lib kirganman. Tarix 35, ona tili 34, ingliz tili 15.
O'shandan keyin savollar juda juda osonlashib ketti. Menimcha eng qiyin savollar 2015, 2016-yillarda bo'lgan. Afsus o'sha payta 3, 5 ta yo'nalishga topshirish mumkin bo'lmagan. TDYUga topshirmoqchi edim. Ammo negadir topshirmadim. O'sha yili TDYU da kirish bali 164 bo'ldi. Juuuuda alam qilgan!
177.9 Тошкент Молия институт
Rustam Rahimov
2001 йил имтихондан олдин контрактга тушсам укимайман деганман узимга. Ота-онам хам ухлолмай чикишганини айтиб беришган кейинрок 😀. Лекин Фаргона политехника институтига молия йуналишига 1-уринда кирганман. 205.3 балл: математика - 35, инглиз тили - 33, она тили - 25.
Show next 100 comments